KARIMOV BEKMUXAMED
Podpolkovnik Karimov Bekmuxamed, 1913-yil 3-martda Qozog‘iston SSRning Kustanay viloyatidagi Djarkul qishlog‘ida tug‘ilgan, millati qozoq, ma’lumoti oliy, 1953-yilda O‘rta Osiyo davlat universitetini tamomlagan.
1941-yilning avgust oyidan 1942-yilning may oyiga qadar 25-armiya tarkibidagi 226-o‘qchilar diviziyasining 550-o‘qchilar polkida shtab mirzosi lavozimida xizmat qiladi. 1942-yilning may oyidan 1944-yilning sentabr oyiga qadar harbiy tarjimonlar kursi kursanti (Vladivostok sh.) bo‘lgan. 1945-yilning dekabr oyiga qadar 1-Uzoq sharq fronti tarkibidagi o‘qchilar korpusi (Xabarovsk o‘lkasi Bikin sh.)da yapon tilidan tarjimonlik qilgan.
Harakatdagi armiya tarkibida fashizmga qarshi jangovar harakatlarda ishtirok etganligi uchun va xizmat faoliyati davomida “Jasurligi uchun”, “Germaniya ustidan qozonilgan g‘alaba uchun”, “Yaponiya ustidan qozonilgan g‘alaba uchun”, “Jangovar xizmatlari uchun”, “I va II darajali benuqson xizmatlari uchun”, “Ulug‘ Vatan urushida qozonilgan g‘alabaga 30 yil”, “Armiya va Flotga 30 yil”, “Qurolli Kuchlarga 40 va 50 yil” medallari bilan taqdirlangan.