KARAMISHEV UMAR XASANOVICH
Kapitan Karamishev Umar Xasanovich, 1917-yil 31-yanvarda Kursk shahrida tug‘ilgan, millati tatar, ma’lumoti o‘rta, o‘rta maktabning 10-sinfini tamomlagan.
1941-yilning dekabr oyidan 1942-yilning avgust oylari davomida 89-alohida o‘qchilar brigadasining 3-alohida batalonida katta mirzo lavozimida xizmat qiladi. 1943-yilning may oyiga qadar Toshkent pulemyotchilar bilim yurtining transport vzvodida bo‘linma komandiri lavozimida xizmatni davom ettiradi. 1943-yilning noyabr oyida Toshkent piyodalar bilim yurtini tamomlagandan so‘ng “SMERSH” kontrrazvedka boshqarmasining Novosibirsk maktabi tinglovchiligiga qabul qilinadi. 1944-yilning avgust oyidan 1945-yilning may oyiga qadar 2-Belorus fronti tarkibidagi 238-o‘qchilar diviziyasida “SMERSH” kontrrazvedka bo‘limi operativ vakili lavozimida xizmat qiladi.
Harakatdagi armiya tarkibida fashizmga qarshi jangovar harakatlarda ishtirok etganligi uchun va xizmat faoliyati davomida “Qizil Yulduz” ordeni, “Germaniya ustidan qozonilgan g‘alaba uchun”, “Kenigsbergni ishg‘ol etganligi uchun”, “Jangovar xizmatlari uchun”, “II darajali benuqson xizmatlari uchun”, “Qurolli Kuchlarga 40 yil” medallari bilan taqdirlangan.