KANDABAYEV MIXAIL FEDOROVICH
Polkovnik Kandabayev Mixail Fedorovich, 1919-yil 22-noyabrda Chita viloyatining Petrovsko-Zabaykalskiy tumanidagi Kandabayevo qishlog‘ida tug‘ilgan, millati rus, ma’lumoti oliy, 1962-yilda Toshkent davlat yuridik universitetini tamomlagan.
Xizmatni 1939-yilning sentabr oyida 1-armiya tarkibidagi 39-o‘qchilar diviziyasining 50-o‘qchilar polkida qurol-aslaha navodchigi lavozimida boshlaydi. 1942-yilning yanvar oyida Bryansk fronti tarkibidagi 109-o‘qchilar brigadasiga qurol-aslaha komandiri lavozimiga tayinlanadi. 1942-yilning may oyidan 1945-yilning aprel oyiga qadar 1-2 va 3-Belorus fronti tarkibidagi 3-armiya 5-o‘qchilar diviziyasining 27-artilleriya polkiga o‘q otish vzvodi komandiri lavozimiga tayinlanadi. 1945-yilning aprel oyida Moskva harbiy okrugi ofitserlar tarkibining 29-o‘quv-artilleriya polkiga tinglovchi sifatida qabul qilinadi.
Harakatdagi armiya tarkibida fashizmga qarshi jangovar harakatlarda ishtirok etganligi uchun va xizmat faoliyati davomida “Qizil Yulduz”, “II darajali Vatan urushi” ordenlari, “Germaniya ustidan qozonilgan g‘alaba uchun”, “Jangovar xizmatlari uchun”, “Jasurligi uchun”, “I va II darajali benuqson xizmatlari uchun”, “Ulug‘ Vatan urushida qozonilgan g‘alabaga 20 va 30 yil”, “Qurolli Kuchlarga 40, 50 va 60 yil” medallari bilan taqdirlangan.