KALASHNIKOV IVAN YAKOVLEVICH

   

        Podpolkovnik Kalashnikov Ivan Yakovlevich, 1912-yil 21-martda Kursk viloyatining Borisovskiy tumani Borisovka qishlog‘ida tug‘ilgan, millati rus, ma’lumoti o‘rta, 1932-yilda Borisovskiydagi o‘rta maktabni, 1938-yilda IIXK Kiev o‘lkalararo maktabini tamomlagan.

        1941-yilda Janubiy-g‘arbiy front tarkibidagi 213-motoo‘qchilar diviziyasining IIXK maxsus bo‘limi operativ vakili, 1942-yilning oktabr oyiga qadar Janubiy-g‘arbiy front tarkibidagi 3-gvardiya kavaleriyasi korpusining IIXK maxsus bo‘limida katta operativ vakil, 1942-yilning oktabr oyidan 1943-yilning oktabr oyiga qadar Donskoy va Stalingrad frontlari tarkibidagi 4-gvardiya armiyasida “SMERSH” kontrrazvedka bo‘limi 4-bo‘linma boshlig‘i o‘rinbosari, 1944-yilning aprel oyiga qadar 2-Ukraina fronti tarkibidagi 8-gvardiya havo desanti diviziyasida “SMERSH” kontrrazvedka bo‘limi boshlig‘i lavozimlarida xizmat qiladi. 1944-yilda 2-Ukraina fronti tarkibidagi 7-gvardiya armiyasida “SMERSH” kontrrazvedka bo‘limi 5-bo‘linma boshlig‘i bo‘lgan. Xizmatni 1944-yilning noyabr oyidan 1945-yilning may oyiga qadar 30-sonli evakuatsiya gospitalidagi “SMERSH” kontrrazvedka bo‘limi boshlig‘i lavozimida o‘taydi.

        Harakatdagi armiya tarkibida fashizmga qarshi jangovar harakatlarda ishtirok etganligi uchun va xizmat faoliyati davomida  “Qizil Yulduz” ordeni, “Germaniya ustidan qozonilgan g‘alaba uchun”, “Stalingrad mudofaasi uchun”, “Jangovar xizmatlari uchun”, “Jasurligi uchun”, “Armiya va Flotga 30 yil” medallari bilan taqdirlangan.

“QIZIL YULDUZ” ORDENI

“GERMANIYA USTIDAN QOZONILGAN G‘ALABA” UCHUN” MEDALI

“JANGOVAR XIZMATLARI UCHUN” MEDALI

“STALINGRAD MUDOFAASI UCHUN” MEDALI

“JASURLIGI UCHUN” MEDALI

“ARMIYA VA FLOTGA 30 YIL” MEDALI