KALASHNIKOV ALEKSANDR MIXAYLOVICH

     

        Mayor Kalashnikov Aleksandr Mixaylovich, 1924-yil 11-yanvarda Chkalov viloyatining Krasno-Partizanskiy tumanidagi Ryazanovka qishlog‘ida tug‘ilgan, millati rus, ma’lumoti o‘rta, 1940-yilda Toshkent shahridagi 37-sonli o‘rta maktabning 8-sinfini tamomlagan.

       1942-yilning iyul-dekabr oylarida Toshkent piyodalar bilim yurtida tahsil olgan. O‘quv muassasasini tamomlagandan so‘ng Markaziy front tarkibidagi 29-diviziyaning 457-o‘qchilar polkiga razvedkachi lavozimiga tayinlanadi. 1943-yilning iyul-noyabr oylari davomida jarohatlanib, evakuatsiya gospitali (Kirov viloyatining Kotelniche sh.)da davolanadi. Salomatligini tiklagandan so‘ng Harbiy havo kuchlarining davlat ilmiy-tadqiqot instituti 705-aviabazasiga jo‘natiladi va u yerda 1945-yilning may oyiga qadar xizmat qiladi.

         Harakatdagi armiya tarkibida fashizmga qarshi jangovar harakatlarda ishtirok etganligi uchun va xizmat faoliyati davomida “Germaniya ustidan qozonilgan g‘alaba uchun”, “Jangovar xizmatlari uchun”, “Jasurligi uchun”, “I, II va III darajali benuqson xizmatlari uchun”, “Ulug‘ Vatan urushida qozonilgan g‘alabaga 20 yil”, “Armiya va Flotga 30 yil”, “Qurolli Kuchlarga 40 yil” medallari bilan taqdirlangan.

“JANGOVAR XIZMATLARI UCHUN” MEDALI

“GERMANIYA USTIDAN QOZONILGAN G‘ALABA” UCHUN” MEDALI

“I DARAJALI BENUQSON XIZMATLARI UCHUN” MEDALI

“II DARAJALI BENUQSON XIZMATLARI UCHUN” MEDALI

“III DARAJALI BENUQSON XIZMATLARI UCHUN” MEDALI

“ULUG‘ VATAN URUSHIDA QOZONILGAN G‘ALABAGA 20 YIL” MEDALI

“QUROLLI KUCHLARGA 40 YIL” MEDALI

“JASURLIGI UCHUN” MEDALI

“ARMIYA VA FLOTGA 30 YIL” MEDALI