KAGRAMANOV SERGEY AVANESOVICH

     

        Katta leytenant Kagramanov Sergey Avanesovich, 1923-yil 10-fevralda Samarqand shahrida tug‘ilgan, millati arman, ma’lumoti to‘liqsiz o‘rta, 1942-yilda Samarqand shahridagi 41-sonli o‘rta maktabning 8-sinfini tamomlagan.

        1942-yilning dekabr oyida 2-Xarkov tankchilar bilim yurti (Samarqand sh.)ni tamomlagandan so‘ng mazkur ta’lim muassasasiga kursantlar vzvodi komandiri lavozomiga tayinlanadi. 1943-yilning avgust oyidan 1944-yilning aprel oyiga qadar Qozon oliy bronetankchi ofitserlar maktabi va Chelyabinsk tankchilar bilim yurtining tinglovchisi bo‘ladi. 1945-yilning may oyiga qadar 2-Belorus fronti tarkibidagi 30-alohida tankchilar brigadasining 95-gvardiya og‘ir-tankchilar polkida katta mexanik-haydovchi lavozimida xizmat qiladi.

       Harakatdagi armiya tarkibida fashizmga qarshi jangovar harakatlarda ishtirok etganligi uchun va xizmat faoliyati davomida  “Qizil Yulduz” ordeni, “Germaniya ustidan qozonilgan g‘alaba uchun”, “I, II va III darajali benuqson xizmatlari uchun”, “Ulug‘ Vatan urushida qozonilgan g‘alabaga 20 yil”, “Qurolli Kuchlarga 40 va 50 yil” medallari bilan taqdirlangan.

“QIZIL YULDUZ” ORDENI

“GERMANIYA USTIDAN QOZONILGAN G‘ALABA” UCHUN” MEDALI

“I DARAJALI BENUQSON XIZMATLARI UCHUN” MEDALI

“II DARAJALI BENUQSON XIZMATLARI UCHUN” MEDALI

“III DARAJALI BENUQSON XIZMATLARI UCHUN” MEDALI

“ULUG‘ VATAN URUSHIDA QOZONILGAN G‘ALABAGA 20 YIL” MEDALI

“QUROLLI KUCHLARGA 40 YIL” MEDALI

“QUROLLI KUCHLARGA 50 YIL” MEDALI