KAERGULOV FUAT NIZAMOVICH

     

     

        Kapitan Kaergulov Fuat Nizamovich, 1919-yil 10-fevralda Omsk viloyatining Yaluturovskiy tumanidagi Nijne-Ingalskoe qishlog‘ida tug‘ilgan, ma’lumoti o‘rta, 1937-yilda Chelyabinsk viloyatining Troitsk shahridagi pedagogika texnikumini tamomlagan.

        Xizmatni 1940-yilning fevral oyida Belorus harbiy okrugining 121-o‘qchilar diviziyasida 705-o‘qchilar polki qizil armiyachisi sifatida boshlagan. Shu yilning avgust oyiga qadar Borisov harbiy muhandislar bilim yurti (Arxangelsk sh.)da tahsil oladi. 1940-yilning sentabr oyidan 1942-yilning noyabr oyiga qadar Janubiy front tarkibidagi
18-armiyaning 517-alohida sapyorlar batalonida vzvod komandiri, rota komandiri o‘rinbosari lavozimlarida xizmat qiladi. 1942-yilda Qora dengiz guruhi muhandis qo‘shinlari shtabi o‘rta komandirlar vzvodida zaxira komandiri bo‘lgan. 1943-yilning fevral oyida Shimoliy Kavkaz fronti tarkibidagi 45-armiyaning 40-alohida o‘qchilar brigadasida sapyor-razvedkachilarnig 1-maxsus vzvod komandiri lavozimida xizmat qiladi. 1943-yilning fevral-iyun oylarida 1922-sonli evakuatsiya gospitalida davolanib, keyinchalik DXXK Namangan viloyat boshqarmasiga jo‘natiladi.

       Harakatdagi armiya tarkibida fashizmga qarshi jangovar harakatlarda ishtirok etganligi uchun va xizmat faoliyati davomida “Germaniya ustidan qozonilgan g‘alaba uchun”, “Armiya va Flotga 30 yil” medallari bilan taqdirlangan.

“ARMIYA VA FLOTGA 30 YIL” MEDALI

“GERMANIYA USTIDAN QOZONILGAN G‘ALABA” UCHUN” MEDALI