JUKOV GRIGORIY YAKOVLEVICH
Mayor Jukov Grigoriy Yakovlevich, 1908-yil 9-noyabrda Smolensk viloyatining Belskiy tumanidagi Semensovo qishlog‘ida tug‘ilgan, millati rus, ma’lumoti o‘rta, 1938-yilda to‘liqsiz o‘rta maktabni tamomlagan.
Xizmatni 1941-yilning iyun oyida Leningrad fronti tarkibiga kiruvchi IIXXning 225-qo‘riqlash polkida kimyoviy xizmat boshlig‘i lavozimida boshlagan. 1942-yilning yanvar oyidan 1943-yilning mart oyiga qadar Leningrad fronti tarkibidagi front ortini qo‘riqlash bo‘yicha IIXX qo‘shinlari 103-chegara polkida va Janubiy-g‘arbiy front tarkibidagi IIXX ichiki qo‘shinlarining 25-o‘qchilar brigadasida kimyoviy xizmat boshlig‘i lavozimida xizmat qiladi. Jangda yaralanib, 1943-yilning aprel oyiga qadar 3989-sonli evakuatsiya gospitalida davolanadi. Salomatligini tiklagandan so‘ng O‘rta Osiyo harbiy 89-alohida o‘qchilar brigadasiga (Eron, Mashhad sh.) kimyoviy xizmat boshlig‘i lavozimiga tayinlanadi.
Harakatdagi armiya tarkibida fashizmga qarshi jangovar harakatlarda ishtirok etganligi uchun va xizmat faoliyati davomida “Qizil Yulduz”, “Qizil bayroq” ordenlari, “Germaniya ustidan qozonilgan g‘alaba uchun”, “Leningrad mudofaasi uchun”, “Jangovar xizmatlari uchun”, “Qurolli Kuchlarga 40 yil” medallari bilan taqdirlangan.