JIRIKOV NIKOLAY NIKOLAYEVICH
Mayor Jirikov Nikolay Nikolayevich, 1911-yil 9-mayda Kursk viloyatining Korocha shahrida tug‘ilgan, millati rus, ma’lumoti oliy, 1953-yilda Toshkent yuridik institutini tamomlagan.
1941-yilning iyun oyidan 1942-yilning fevral oyi davomida 9-armiyaning IIXK maxsus bo‘limida 2-bo‘linma boshlig‘i o‘rinbosari lavozimida xizmat qiladi. Jangda kontuziyaga uchrab, 1582-sonli Stalingrad harbiy gospitalida davolanadi. 1942-yilning mart oyida Ural harbiy okrugi IIXK maxsus bo‘limining harbiy-o‘quv muassasalari bo‘yicha bo‘linma boshlig‘i o‘rinbosari lavozimiga tayinlanadi. 1942-yilning avgust oyidan 1944-yilning dekabr oyiga qadar Ural harbiy okrugining “SMERSH” kontrrazvedka bo‘limida bo‘linma boshlig‘i o‘rinbosari lavozimida xizmat qiladi. 1944-yil dekabrda “SMERSH” kontrrazvedka Bosh boshqarmasining Sverdlovsk maktabiga o‘qituvchi etib tayinlanadi.
Harakatdagi armiya tarkibida fashizmga qarshi jangovar harakatlarda ishtirok etganligi uchun va xizmat faoliyati davomida “Qizil Yulduz” ordeni, “Germaniya ustidan qozonilgan g‘alaba uchun”, “Jangovar xizmatlari uchun”, “I darajali benuqson xizmatlari uchun”, “Armiya va Flotga 30 yil”, “Qurolli Kuchlarga 40 yil” medallari bilan taqdirlangan.