IVANOV MSTISLAV BORISOVICH
serjant Ikkinchi jahon urushi qatnashchisi, Shuxrat ordenining to‘liq sohibi (15.05.1946)
1924-yil 3-yanvarda Rossiya markaziy viloyatining o‘rtasida Kostroma shaxrida ishchi oilasida tug‘ilgan. Rus. Otasi maktabda o‘qituvchi bo‘lib ishlagan. 1930-yil qo‘lga olingan va sudlangan.
Sudlangandan so‘ng oilasi bilan Samarqand viloyati Kattaqorgon shaxriga ko‘chib o‘tgan. 10-sinfni tamomlagan. 1942-yil sentabrda qizil armiya safiga chaqirilgan va Toshkent pulimyot-minomyot harbiy bilim yurtiga yubo‘rilgan. O‘qishni ohirigacha tugatmasidan hamma kursdoshlari bilan tezkorlik bilan frontga jo‘natilgan. U yerda 252-o‘qchilar diviziyasi polk razvedkasi tarkibiga qo‘shilagan.
1943-yil avgust oyida janglarda qatnashgan. Vronej,Stepnom va 2-Ukraina frontlarida jang qilgan. Jangning birinchi kuniyadoq yaralangan, bir necha kundan so‘ng frontga qaytgan va Dnepr daryosini kechib o‘tishda yana yaralangan. Tibbiy sanitary batalyonidan 303-o‘qchilar diviziyasi 365-alohida razvedkachilar rotasining piyoda razvedka vzvodiga jo‘natilgan, G‘alabagacha shu bo‘linmada jang qilgan.
Korsun-Shevchensk operatsiyasidan so‘ng Ukrainaning O‘ngqirg‘oq va Moldaviya ozodligi uchun kechgan janglarda ishtirok etgan, Vengriya hududida dushmanni yakson qilgan. 1944-yil 20-aprel kuni Grasen aholi yashash punktida vzvod komandirining o‘rinbosari serjant Ivanov o‘zining jangovar guruhi bilan dushmanning orqasidan razvedka olib borib, o‘t ochish pozitsiyasida bir necha piyodalarini yo‘q qilgan. 24-oktabr kuni Sayol aholi yashash punkti yaqinida dushman kelish yo‘llarini razvedka qilib, granatalar bilan pulemyot hisobi bilan va mototsiklni portlatgan.
303-o‘qchilar diviziyasi qismining buyrug‘i bilan 1944-yil 21-noyabr kunidan serjant Ivanov Mstislav Borisovich III-darajali “Shuxrat”ordeni bilan taqdirlangan.
1945-yil 18-yanvar kuni Chata, Leand tuman aholi yashash punktida razvedka ishlarini olib borishda dushman pulemyotiga granatalar uloqtirib, avtomat bilan 3 ta dushmanni yakson qiladi. Pulemyot va hujjatlarni o‘lja olib o‘zining bo‘linmasiga qaytgan.
Qizil Yulduz ordeni mukofotiga tavsiya etilgan.
8-gvardiya armiyasining buyrug‘i bilan 1945-yil 27-fevraldan serjant Ivanov Mstislav Borisovich II-darajali “Shuxrat”ordeni bilan taqdirlangan.
1945-yil 4-aprel kuni vzvod komandirining o‘rinbosari serjant Ivanov razvedkachilar guruhi bilan shimoliy Bradislav shaxrida kutilmaganda gitlerchilar bor avtomabilga hujum qilgan, natijada bir necha askarni yo‘q qilgan, qolganlari esa asir olingan. 1945-yil starshina Ivanov demobilizatsiya qilingan va O‘zbekistonga qaytgan.
SSSR Oliy Kengashi Prezidiumining 1946-yil 15-maydagi Farmoni bilan “Frontda nemis-fashist bosqinchilariga qarshi kurashda qo‘mondonlikning jangovar topshiriqlarini namunali bajarganligi hamda ko‘rsatgan jasorati va qahramonligi uchun”, serjant Ivanov Mstislav Borisovich I-darajali «Shuxrat» ordeni bilan taqdirlangan.
2014 yil 25 aprelda vafot etgan.