ISXAKOV URMAN

     

           Kichik serjant Isxakov Urman, 1909-yilda Toshkent shahrida tug‘ilgan, millati o‘zbek, ma’lumoti boshlang‘ich,
1925-yilda o‘rta maktabning 4-sinfini tamomlagan.

        1942-yilning oktabr oyidan 1944-yilning yanvar oyiga qadar 2-Ukraina fronti tarkibidagi 81-gvardiya o‘qchilar diviziyasining 201-o‘qchilar polkida o‘qchi lavozimida xizmat qiladi. 1944-yilning yanvar oyidan 1945-yilning may oyiga qadar 2-Ukraina fronti tarkibidagi 81-gvardiya o‘qchilar diviziyasining 233-o‘qchilar polkida o‘qchilik qilgan.

         Harakatdagi armiya tarkibida fashizmga qarshi jangovar harakatlarda ishtirok etganligi uchun va xizmat faoliyati davomida “III darajali Shon-sharaf” ordeni, “Berlinni ishg‘ol etganligi uchun”, “Jasurligi uchun” medallari bilan taqdirlangan.

“III DARAJALI SHON-SHARAF” ORDENI

“BERLINNI ISHG‘OL ETGANLIGI UCHUN” MEDALI

“JASURLIGI UCHUN” MEDALI