ISHKOV ANDREY IVANOVICH

 

        Mayor Ishkov Andrey Ivanovich, 1916-yil 1-iyunda Oltoy o‘lkasining Krasnoshekovskiy tumani Karpovo qishlog‘da tug‘lgan, millati rus, ma’lumoti oliy, 1937-yilda Olmaota shahridagi qurilish institutining ishchilar fakultetini, 1941-yilda Olmaota yuridik institutini tamomlagan.

        1942-yilning yanvar oyida Ashxobod Qurolli Kuchlari harbiy-yuridik akademiyasining 6-oylik kurslarida o‘qiydi. Xizmatni 1942-yilning mart oyida Kalinin fronti tarkibidagi 4-gvardiya o‘qchilar brigadasida harbiy tribunal a’zosi sifatida boshlaydi. 1942-yilning sentabr-noyabr oylari davomida Kavkazorti fronti 7-gvardiya o‘qchilar brigadasi harbiy tribunal a’zosi, 1943-yilning noyabr oyidan 1944-yilning fevral oyiga qadar 1-Ukraina fronti tarkibidagi 23-o‘qchilar korpusida harbiy tribunal a’zosi, 1945-yilning iyun oyiga qadar 4-Ukraina fronti tarkibidagi 8-o‘qchilar diviziyasida harbiy tribunal raisi lavozimlarida xizmat qilgan.

        Harakatdagi armiya tarkibida fashizmga qarshi jangovar harakatlarda ishtirok etganligi uchun va xizmat faoliyati davomida “II darajali Vatan urush” ordeni, “Germaniya ustidan qozonilgan g‘alaba uchun”, “Kavkaz mudofaasi uchun”, “Jangovar xizmatlari uchun”, “II darajali benuqson xizmatlari uchun”, “Armiya va Flotga 30 yil”, “Qurolli Kuchlarga 40 yil” medallari bilan taqdirlangan.

“II DARAJALI VATAN URUSHI” ORDENI

“GERMANIYA USTIDAN QOZONILGAN G‘ALABA” UCHUN” MEDALI

“KAVKAZ MUDOFAASI UCHUN” MEDALI

“JANGOVAR XIZMATLARI UCHUN” MEDALI

“II DARAJALI BENUQSON XIZMATLARI UCHUN” MEDALI

“ARMIYA VA FLOTGA 30 YIL” MEDALI