ILIN ALEKSANDR YAKOVLEVICH
 starshina, Ikkinchi jahon urushi qatnashchisi, Shuxrat ordenining to’liq sohibi (15.05.1946)

1907-yil 14-avgustda Penzen viloyati Bekov tumani Pyasha qishlog‘ida dexqon oilasida tug‘ilgan. Rus. Maktabning 7-sinfni tamomlagan. 1925-yilda Penza shaxrida yashagan. Qurilishda ishlagan. 1941-yilning fevral oyida O‘zbek SSRning Andijon harbiy komissarligidan Qizil Armiya safaiga chaqirilgan.
1942-yil noyabrdan Ikkinchi jahon urushda jangga kirgan. O‘zining jangovar yo‘lini Stalaningrad ostidagi kavalerchilar polkida 45-mmli to‘p komandiri lavozimida boshlagan. Stalaningradda, Belorusda, 1-Belorus frontalrida jang olib borgan. 1944-yil baxor oylarida katta serjant Ilin 492-qiruvchi tankka qarshi artilleriya polkida razvedka bo‘linmasiga komandirlik qilgan. 1944-yil 26-27-aprelda Kovel shaxridan 30 km janubdagi jangda katta serjant Ilin batareyaning o‘tini korrektirovka qilgan, dushmanning bir necha nishonlarini aniqladi va artilleriya o‘ti bilan yo‘q qiladi. Dushmanning qarshi xujumini qaytarish jangida ishtirok etgan va shaxsan o‘zi 10 dan ziyod nemes askarlarini qirib tashlagan.
1944-yil 30-aprelda 61-o‘qchilar korpusi komandirining buyrug‘i bilan gvardiya katta serjanti Ilin Aleksandr Yaklovlevich III-darajali “Shuxrat” ordeni bilan taqdirlangan.
1944-yil 18-iyuldagi xujum jangida katta serjant Ilin dushman kuzatuv punktini aniqlaydi va bu xaqda artilleriya batareyasiga bergan ma’lumotiga asosan dushman kuzatuv punkti yo‘q qilinadi. Qo‘lbola yasama qayiqlar bilan G‘arbiy Bug daryosini kechib o‘tib, artilleriya o’tini korrektirovka qiladi.
Unga jangovar xizmatlari uchun II-darajali “Ulug’ vatan urushi” ordeni berilgan, ammo 69-armiya qo‘mondoni taqdirlanish maqomini o‘zgartirgan. 1944-yil 25-avgustda 69-armiya qismining buyrug‘i bilan gvardiya katta serjanti Ilin II-darajali “Shuxrat” ordeni bilan taqdirlangan.

1945-yil 26-30 aprelda Berlin shaxridagi jangda katta serjant Ilin dushman nishonni aniqlab, batareya o‘tiga korrektirovka qilib, o‘t ochgan va piyoda qo‘shinlarini oldinga xarakatini ta’minlab bergan.

SSSR Oliy Kengashi Prezidiumining 1946-yil 15-maydadagi Farmoni bilan “Frontda nemis-fashist bosqinchilariga qarshi kurashda qo‘mondonlikning jangovar topshiriqlarini namunali bajarganligi hamda ko‘rsatgan jasorati va qahramonligi uchun”, starshina Ilin Aleksandr Yakovlevich I-darajali «Shuxrat» ordeni bilan taqdirlangan.
1945-yil starshina Ilin zahiraga bo‘shatilgan va vataniga qaytgan. Penza shaxrida yashagan. Qo‘riqchi bo‘lib ishlagan. 1990-yil 30-iyunda vafot etgan.

"SHUXRAT" ORDENINING TO'LIQ SOHIBI