IGNATCHENKO VLADIMIR AKAKIEVICH
Kapitan Ignatchenko Vladimir Akakievich, 1919-yil 18-avgustda Qozog‘iston SSRning Olmaota viloyati Chilik tumani Chilik qishlog‘ida tug‘ilgan, millat rus, ma’lumoti tugallanmagan oliy, 1941-yilda Olmatoa yuridik instiutining
3-bosqichini tamomlagan.
Xizmatni 1942-yilning yanvar oyida Janubiy Ural harbiy okrugidagi 211-o‘qchilar diviziyasining IIXK maxsus bo‘limi komendantlik vzvodi komandiri lavozimida boshlaydi.
1942-yilning fevral-aprel oylarida IIXK maxsus bo‘limi–Janubiy Ural harbiy okrugi tarkibidagi 211-o‘qchilar diviziyasining 887-o‘qchilar polkida 3-o‘qchilar bataloni ad’yutanti lavozimida xizmat qiladi. 1942-yilning dekabr oyiga qadar Bryansk fronti tarkibidagi 211-o‘qchilar diviziyasining 887-o‘qchilar polkida 3-o‘qchilar batalonida ad’yutant, 1943 -yilning yanvar oyidan 1945-yilning iyul oyiga qadar 1-Ukraina fronti tarkibidagi 37-armiyaning 211-o‘qchilar diviziyasi “SMERSH” kontrrazvedka bo‘limi operativ vakili, katta operativ vakili lavozimlarida faoliyat olib boradi.
Harakatdagi armiya tarkibida fashizmga qarshi jangovar harakatlarda ishtirok etganligi uchun va xizmat faoliyati davomida “Qizil Yulduz”, “II darajali Vatan urushi” ordenlari, “Germaniya ustidan qozonilgan g‘alaba uchun”, “Jasurligi uchun” medallari bilan taqdirlangan.