GUSEV IVAN PETROVICH

     

        Mayor Gusev Ivan Petrovich, 1918-yil 15-avgustda Kuybishev viloyatining Shigonskiy tumani Pecherskoe qishlog‘ida tug‘ilgan, millati rus, ma’lumoti o‘rta, 1943-yilda o‘rta maktabning 10-sinfini tamomlagan.

        Xizmatni 1941-yilning sentabr oyidan 1942-yilning sentabr oyiga qadar O‘rta Osiyo harbiy okrugi 113 va 156-o‘qchilar diviziyasining 702-o‘qchilar polkida (Kattaqo‘rg‘on sh.) vzvod va batareya komandiri lavozimlarida o‘taydi. 1943-yilning fevral oyida Janubiy front tarkibidagi 130-o‘qchilar diviziyasining 65-o‘qchilar brigadasida batareya komandiri lavozimida xizmat qiladi. 1943-yilning fevral-mart oylarida jangda jarohat olib 41864-sonli gospital (Rostov-Don sh.)da davolanadi. Salomatligini tiklagach, Janubiy frontning 65-o‘qchilar brigadasiga batareya komandiri etib tayinlanadi. 1944-yil oktabrda Shtab ofitserlarini tayyorlash oliy maktabini tamomlab, 4-Ukraina fronti tarkibidagi 28-armiyaning 61-o‘qchilar diviziyasida artilleriya shtabi boshlig‘i yordamchisi lavozimiga tayinlanadi. 1945-yilning may oyiga qadar 1-Belorus fronti tarkibidagi 28-armiyada 3-gvardiya o‘qchilari korpusiga shtab boshlig‘ining yordamchisi etib tayinlanadi.

        Harakatdagi armiya tarkibida fashizmga qarshi jangovar harakatlarda ishtirok etganligi uchun va xizmat faoliyati davomida “Qizil Yulduz”, “II darajali Vatan urushi” ordenlari, “Germaniya ustidan qozonilgan g‘alaba uchun”, “Berlinni ishg‘ol etganligi uchun”, “Kenigsbergni ishg‘ol etganligi uchun”, “Jangovar xizmatlari uchun”, “Qurolli Kuchlarga 40 yil” medallari bilan taqdirlangan.

“QIZIL YULDUZ” ORDENI

“II DARAJALI VATAN URUSHI” ORDENI

“GERMANIYA USTIDAN QOZONILGAN G‘ALABA” UCHUN” MEDALI

“BERLINNI ISHG‘OL ETGANLIGI UCHUN” MEDALI

“KENIGSBERGNI ISHG‘OL ETGANLIGI UCHUN” MEDALI

“JANGOVAR XIZMATLARI UCHUN” MEDALI

“QUROLLI KUCHLARGA 40 YIL” MEDALI