GUBAYEV MUSA XAFIZOVICH

   

        Leytenant Gubayev Musa Xafizovich, 1910-yil 20-mayda Boshqirdiston ASSRning Sterlitamak shahrida tug‘ilgan, millati tatar, ma’lumoti o‘rta, 1931-yilda qishloq xo‘jaligi texnikumini tamomlagan.

        Xizmatni 1941-yilning oktabr G‘arbiy front tarkibidagi 20-armiyaning
35-alohida o‘qchilar brigadasida starshina lavozimida o‘taydi. 1942-yilning sentabr-dekabr oylarida G‘arbiy front tarkibidagi 5-armiya qoshidagi siyosiy masalalar bo‘yicha kichik rahbarlar kursida tahsil oladi. 1942 -yilning dekabr oyida G‘arbiy front tarkibidagi 352-o‘qchilar diviziyasiga siyosiy bo‘lim bo‘yicha komandir o‘rinbosari etib tayinlanadi. 1943-yilning may-dekabr oylarida “SMERSH” kontrrazvedka boshqarmasining 1-Moskva maktabida operativ kurslari kursanti bo‘ladi, o‘qishni tamomlagandan so‘ng 3-Belorus fronti tarkibidagi 48-armiyaning 194-o‘qchilar diviziyasi “SMERSH” kontrrazvedka bo‘limiga operativ vakil etib jo‘natiladi. 1945-yilning mart-avgust oylarida jangada jarohat olib, Kaunas shahridagi evakuatsiya gospitalida davolanadi.

        Harakatdagi armiya tarkibida fashizmga qarshi jangovar harakatlarda ishtirok etganligi uchun va xizmat faoliyati davomida “Qizil Yulduz” ordeni va “Jasurligi uchun” medali bilan taqdirlangan.

“QIZIL YULDUZ” ORDENI

“JASURLIGI UCHUN” MEDALI

“KENIGSBERGNI ISHG‘OL ETGANLIGI UCHUN” MEDALI

“JANGOVAR XIZMATLARI UCHUN” MEDALI

“I DARAJALI BENUQSON XIZMATLARI UCHUN” MEDALI

“II DARAJALI BENUQSON XIZMATLARI UCHUN” MEDALI

“ARMIYA VA FLOTGA 30 YIL” MEDALI

“QUROLLI KUCHLARGA 40 YIL” MEDALI