GORYUNOV ALEKSEY VASILYEVICH

       Praporshik Goryunov Aleksey Vasilyevich, 1925-yilda 20-martda Sirdaryo viloyatining Guliston tumanida tug‘ilgan, millati rus, ma’lumoti to‘liqsiz o‘rta, 1942-yilda o‘rta maktabning 6-sinfini tamomlagan.

         1943-yilning yanvar oyida harakatdagi armiyaga harbiy xizmatga chaqiriladi va 1950-yilning mart oyiga qadar 156-zaxiradagi o‘qchilar polkida xizmatni davom ettiradi. Yaponiya bilan bo‘lgan urushda hamda 1945-yilning avgust-sentabr oylarida Uzoq Sharq fronti tarkibida Manchjuriyani ozod etishda qatnashadi.

         Harakatdagi armiya tarkibida fashizmga qarshi jangovar harakatlarda ishtirok etganligi uchun va xizmat faoliyati davomida “Germaniya ustidan qozonilgan g‘alaba uchun”, “Jangovar xizmatlari uchun”, “II va III darajali benuqson xizmatlari uchun” medallari bilan taqdirlangan.

         Harakatdagi armiya tarkibida fashizmga qarshi jangovar harakatlarda ishtirok etganligi uchun va xizmat faoliyati davomida “Qizil Yulduz” ordeni, “Germaniya ustidan qozonilgan g‘alaba uchun”, “Kenigsbergni ishg‘ol etganligi uchun”, “Jangovar xizmatlari uchun”, “I va II darajali benuqson xizmatlari uchun”, “Armiya va Flotga 30 yil”, “Qurolli Kuchlarga 40 yil” medallari bilan taqdirlangan.

“GERMANIYA USTIDAN QOZONILGAN G‘ALABA” UCHUN” MEDALI

“JANGOVAR XIZMATLARI UCHUN” MEDALI

“II DARAJALI BENUQSON XIZMATLARI UCHUN” MEDALI

“III DARAJALI BENUQSON XIZMATLARI UCHUN” MEDALI