GORYAKIN NIKOLAY VLADIMIROVICH

      Podpolkovnik Goryakin Nikolay Vladimirovich, 1919-yil 20-dekabrda Orlov viloyatining Dmitrieyevskiy tumanida tug‘ilgan, millati rus, ma’lumoti oliy, 1939-yilda Qrim viloyatining Baxchisaroydagi o‘rta maktabning 10-sinfini, keyinchalik Simferopol davlat tibbiyot institutini tamomlagan.

          1940-yilning noyabr oyidan 1941-yilning iyun oyiga qadar Moskva harbiy okrugi 46-aviadiviziyasining alohida aloqa rotasida feldsher lavozimida xizmat qilgan. 1941-yilning iyun oyidan 1942-yilning iyun oyiga qadar Shimoliy-g‘arbiy front tarkibidagi front ortini qo‘riqlovchi 10-chegara polkining 5-rotasida feldsher bo‘lgan. 1943-yiling iyun oyiga qadar Volxoviy fronti fronti ortini qo‘riqlovchi 10-chegara polkida batalon katta feldsheri, 1943-yilda Volxov fronti, fronti ortini qo‘riqlovchi 10-chegara polkida zastava boshlig‘i o‘rinbosari lavozimlarida xizmat qilgan. 1944-yil mart oyida Volxov fronti tarkibidagi IIXK qo‘shinlari Bosh boshqarmasi qoshidagi razvedkachi ofitserlar kursida tahsil olgandan so‘ng 1-Boltiqbo‘yi fronti tarkibidagi harakatdagi qo‘shinlarni qo‘riqlash bo‘yicha IIXKning 31-chegara polkida bo‘linma komandiri lavozimiga tayinlanadi.

         Harakatdagi armiya tarkibida fashizmga qarshi jangovar harakatlarda ishtirok etganligi uchun va xizmat faoliyati davomida “Qizil Yulduz” ordeni, “Germaniya ustidan qozonilgan g‘alaba uchun”, “Kenigsbergni ishg‘ol etganligi uchun”, “Jangovar xizmatlari uchun”, “I va II darajali benuqson xizmatlari uchun”, “Armiya va Flotga 30 yil”, “Qurolli Kuchlarga 40 yil” medallari bilan taqdirlangan.

“QIZIL YULDUZ” ORDENI

“GERMANIYA USTIDAN QOZONILGAN G‘ALABA” UCHUN” MEDALI

“KENIGSBERGNI ISHG‘OL ETGANLIGI UCHUN” MEDALI

“JANGOVAR XIZMATLARI UCHUN” MEDALI

“I DARAJALI BENUQSON XIZMATLARI UCHUN” MEDALI

“II DARAJALI BENUQSON XIZMATLARI UCHUN” MEDALI

“ARMIYA VA FLOTGA 30 YIL” MEDALI

“QUROLLI KUCHLARGA 40 YIL” MEDALI