GONCHAROV PETR YAKOVLEVICH

        Leytenant Goncharov Petr Yakovlevich, 1924-yil 24-sentabrda Buxoro viloyatining Kogon shahrida tug‘ilgan, millati rus, ma’lumoti o‘rta, 1942-yilda o‘rta maktabning 9-sinfini tamomlagan.

       1942-yil dekabr oyida Ashxobod piyodalar bilim yurtini tamomlagach G‘arbiy front tarkibidagi 2-gvardiya o‘qchilar diviziyasiga bo‘linma boshlig‘i etib tayinlanadi. 1943-yilning yanvar-may oylarida G‘arbiy front kichik ofitserlari kursida tahsil oladi. 1943-yilning iyun oyiga qadar G‘arbiy front 5-gvardiya o‘qchilar diviziyasida vzvod komandiri lavozimida xizmat qilgan. 1943-yilning iyun oyidan 1944-yilning may oyiga qadar 3-Belorus fronti tarkibidagi 36-alohida minomyotchilar polkida vzvod komandiri bo‘lgan. 1945-yilning dekabr oyiga qadar 3-Belorus fronti tarkibidagi 2-gvardiya artilleriya diviziyasining 15-minomyotchilar polki minomyotchilar vzvodi komandiri lavozimida xizmat qiladi.

        Harakatdagi armiya tarkibida fashizmga qarshi jangovar harakatlarda ishtirok etganligi uchun va xizmat faoliyati davomida “Qizil Yulduz”, “II darajali Vatan urushi” ordenlari, “Germaniya ustidan qozonilgan g‘alaba uchun”, “Kenigsbergni ishg‘ol etganligi uchun”, “Jangovar xizmatlari uchun”, “Jasurligi uchun” medallari bilan taqdirlangan.

“QIZIL YULDUZ” ORDENI

“II DARAJALI VATAN URUSHI” ORDENI

“GERMANIYA USTIDAN QOZONILGAN G‘ALABA” UCHUN” MEDALI

“KENIGSBERGNI ISHG‘OL ETGANLIGI UCHUN” MEDALI

“JANGOVAR XIZMATLARI UCHUN” MEDALI

“JASURLIGI UCHUN” MEDALI