GOLUBEYEV GENNADIY TARASOVICH

    

     

        Podpolkovnik Golubeyev Gennadiy Tarasovich, 1897-yil 23-yanvarda Leningrad shahrida tug‘ilgan, millati rus, ma’lumoti boshlang‘ich, 3 yillik boshlang‘ich bilim yurtini va 4 yillik teknik kurslarida tahsil olgan.

      1939-1940 yillarda Kareliya fronti tarkibidagi 10-o‘qchilar korpusining IIXK maxsus bo‘limi boshlig‘ining o‘rinbosari lavozimida xizmat qilgan. 1942-yilga qadar Shimoliy Kavkaz harbiy okrugi (Rostov-Don sh.) IIXKX maxsus bo‘limi kadrlar bo‘linmasi boshlig‘i bo‘lgan. 1942-yildan 1943-yilga qadar Kaspiyorti va Shimoliy Kavkaz frontlari tarkibidagi qo‘shinlarning shimoliy guruhi IIXK maxsus bo‘limi kadrlar bo‘linmasi boshlig‘i lavozimida xizmat qiladi. 1943-yilning iyun-noyabr oylarida evakuatsiya gospitalida davolanadi. Salomatligini tiklagandan so‘ng O‘rta Osiyo harbiy okrugi (Toshkent sh.) “SMERSH” kontrrazvedka bo‘limi zaxirasiga jo‘natiladi.

        Harakatdagi armiya tarkibida fashizmga qarshi jangovar harakatlarda ishtirok etganligi uchun va xizmat faoliyati davomida “Qizil Yulduz” ordeni, “Jangovar xizmatlari uchun”, “Armiya va Flotga 30 yil” medallari bilan taqdirlangan.

 

“QIZIL YULDUZ” ORDENI

“JANGOVAR XIZMATLARI UCHUN” MEDALI

“ARMIYA VA FLOTGA 30 YIL” MEDALI