GOLOVIN VLADIMIR ALEKSANDROVICH

        General-leytenant Golovin Vladimir Aleksandrovich, 1922-yilda Moskva shahrida tug‘ilgan, millati rus, ma’lumoti oliy, 1940-yilda Moskva shahridagi o‘rta maktabni, 1953-yilda Moskva yuridik institutini, 1956-yilda Moskva davlat universitetini tamomlagan.

        1943-yil fevral oyida IIXX Xarkov viloyati boshqarmasi Kupyanskiy tuman bo‘limida operativ vakil yordamchisi lavozimida xizmat qiladi. 1943-yil aprel oyidan 1944-yil fevral oyiga qadar IIXX  Xarkov viloyati boshqarmasi Balakleya shahridagi tuman bo‘limida operativ vakil yordamchisi, 1944-yilning may oyiga qadar esa mazkur tuman bo‘limida operativ vakil lavozimlarida xizmatni davom ettiradi. 1944-yilning may-dekabr oylarida IIXX Xarkov viloyati boshqarmasining tergov bo‘limida tergovchi bo‘lgan. 1944-yil dekabrda IIXX Xarkov viloyati boshqarmasi 2-bo‘limi 4-bo‘linmasi operatv vakili lavozimiga tayinlanadi. 1945-yil may-iyul oylarida IIXX  Xarkov viloyati boshqarmasi 2-bo‘limi operativ vakili lavozimida xizmat qiladi.

        Harakatdagi armiya tarkibida fashizmga qarshi jangovar harakatlarda ishtirok etganligi uchun va xizmat faoliyati davomida “Qizil Yulduz”, “Qizil bayroq”, “Oktabr inqilobi” ordenlari, “Germaniya ustidan qozonilgan g‘alaba uchun”, “Leningrad mudofaasi uchun”, “Jangovar xizmatlari uchun”, “I va II darajali benuqson xizmatlari uchun”, “Armiya va Flotga 30 yil” medallari bilan taqdirlangan.

“QIZIL YULDUZ” ORDENI

“QIZIL BAYROQ” ORDENI

“OKTABR INQILOBI” ORDENI

“GERMANIYA USTIDAN QOZONILGAN G‘ALABA” UCHUN” MEDALI

“LENINGRAD MUDOFAASI UCHUN” MEDALI

“JANGOVAR XIZMATLARI UCHUN” MEDALI

“I DARAJALI BENUQSON XIZMATLARI UCHUN” MEDALI

“II DARAJALI BENUQSON XIZMATLARI UCHUN” MEDALI

“ARMIYA VA FLOTGA 30 YIL” MEDALI