DOBRININ PAVEL ALEKSEYEVICH
Mayor Dobrinin Pavel Alekseyevich, 1918-yil 28-oktabrda Kirov viloyatining Sanchurskiy tumani Pochinok qishlog‘ida tug‘ilgan, millati rus, ma’lumoti oliy, 1939-yilda Qozon aloqa-elektrotexnika texnikumini, 1957-yilda Leningrad aloqa-elektrotexnika institutini tamomlagan.
Xizmatni 1939-yilning dekabr oyida Borisov avto bilm yurti kursantligidan boshlagan. 1942-yil noyabrda 1-Gorkiy avtomoto bilim yurtini tamomlaydi va Bosh bronetankchilar boshqarmasi ixtiyoriga jo‘natiladi. 1942-yilning dekabr oyidan 3-Ukraina fronti mototsikilchilar vzvodi komandiri, 1944-yildan 67-alohida mototsikilchilar batalonida aloqa boshlig‘i lavozimlarida xizmat qiladi. Ruminiya, Vengriya, Bolgariya, Yugoslaviya va Avstriya hududlarida bo‘lib o‘tgan janglarda ishtirok etadi.
Harakatdagi armiya tarkibida fashizmga qarshi jangovar harakatlarda ishtirok etganligi uchun va xizmat faoliyati davomida “Qizil Yulduz”, “Shon-sharaf belgisi” ordenlari, “Germaniya ustidan qozonilgan g‘alaba uchun”, “Venani ishg‘ol etganligi uchun”, “Pragani ozod qilganligi uchun”, “Harbiy jasorati uchun”, “I, II, III darajali benuqson xizmatlari uchun”, “Ulug‘ Vatan urushida qozonilgan g‘alabaga 20 yil”, “Qurolli Kuchlarga 40, 50 va 60 yil”, “O‘zbekiston SSRda xizmat ko‘rsatgan aloqachi” medallari bilan taqdirlangan.