DJURAYEV IBRAGIM
Mayor Djurayev Ibragim, 1920-yilda 5-dekabrda Samarqand viloyatining Samarqand tumanida tug‘ilgan, millati o‘zbek, ma’lumoti oliy, 1934-yilda Samarqand tumanidagi 9-sonli qishloq maktabini, 1951-yilda O‘zbekiston davlat universitetini tamomlagan.
1941-yilning iyul-dekabr oylarida Olmaota harbiy piyodalar bilim yurti kursanti bo‘lgan, o‘qishni tamomlagandan so‘ng 89-alohida o‘qchilar brigadasiga minomyotchilar vzvodi (Chirchiq sh.) komandiri etib tayinlanadi. 1942-yilning aprel oyidan 1943-yilning fevral oyiga qadar 3-Ukraina fronti tarkibidagi 90-alohida o‘qchilar brigadasining minomyotchilar batareyasida komandir o‘rinbosari lavozimida xizmat qiladi. 1943-yilning fevral-may oylari davomida jangda yaralanib, 1911-sonli evakuatsiya gospitalida davolanadi. Salomatligini tiklagandan so‘ng 333-o‘qchilar diviziyasining 1120-o‘qchilar polkiga batareya komandirining o‘rinbosari etib tayinlanadi. 1943-yilning sentabr oyidan 1944-yilning mart oyiga qadar 3-Ukraina fronti tarkibidagi 12-armiyaning 531-alohida minomyotchilar polkida batareya komandiri lavozimida xizmat qiladi. 1945-yilning mart oyiga qadar 2-Ukraina fronti tarkibidagi 53-armiyaning 243-o‘qchilar diviziyasi 906-o‘qchilar polkida rota komandiri vazifasini bajargan.
Harakatdagi armiya tarkibida fashizmga qarshi jangovar harakatlarda ishtirok etganligi uchun va xizmat faoliyati davomida “Qizil Yulduz”, “II darajali Vatan urushi” ordenlari, “Germaniya ustidan qozonilgan g‘alaba uchun”, “Yaponiya ustidan qozonilgan g‘alaba uchun” medallari bilan taqdirlangan.