DIROV ANDREY YAKOVLEVICH

katta serjant (starshina), Ikkinchi jahon urushi qatnashchisi, Shuxrat ordenining to‘liq sohibi (27.06.1945)

1903-yil 15-sentabr kuni Lyagushovka (Penzensk viloyati, Belinsk tumani) qishlog‘ida tug‘ilgan. Rus. 2-sinfni tugatgan.
1925-1927-yillari Qizil Armiya safida xizmat qilgan. Farg‘ona shaxridagi do‘konda sotuvchilik qilgan. 1941-yil avgust oyida Qizil Armiya safiga qayta chaqirilgan, 1942-yil avgustidan Ikkinchi jahon urushida ishtirok etgan.
1942-yil avgustdan Shimoliy Kavkaz va 1-Ukraina frontida janglarda qatnashgan. 1944-yil boshida katta serjant Dirov 389-o‘qchi diviziyasi 1279-o‘qchi polkining 45 millimetrli orudiya hisobiga komandir bo‘lgan. 1944-yil 16-yanvarda Zozovo qishlog‘i (Vinnitsa shahridan 40 km shimoli-sharqda) yaqinidagi jangda katta serjant Dirov dushmanning qarshi hujumini qaytarib, 4 ta dushman pulemyotini, vzvodga teng tirik kuchlarini va avtomashinasini yo‘q qiladi.
1944-yil 11-fevraldagi buyruq bilan katta serjant Dirov Andrey Yakovlevich III-darajali «Shuxrat» ordeni bilan taqdirlangan.
1944-yil 13-iyulda Lutsk – Goroxov (Ukrainaning Volin viloyati) shaharlari chegarasidan dushmanning mudofaasini yorib kirishda va dushmanni ta’qib qilish chog‘ida, serjant Dirov hisobi 3 ta pulemyotini va 1ta tankga qarshi orudiyani yo‘q qiladi. 14-iyul kuni Shtir daryosidan 20 km g‘arbda joylashgan Porvanch qishlog‘i yaqinida askarlar bilan birga 2 ta zirhli transport vositasi va 10 dan ortiq fashistlarni yakson qiladi.
1944-yil 10-noyabrdagi buyruq bilan katta serjant Dirov Andrey Yakovlevich II-darajali «Shuxrat» ordeni bilan taqdirlangan.
1945-yil 14-yanvarda Domashevichi (Polsha) qishlog‘i uchun jangda, katta serjant Dirov qishloq chetidagi dushman piyodalarini aniqlaydi va 10 ga yaqin askar va ofitserlarini artilleriya olovi bilan qirib tashlaydi. Kiyelse (Polsha) shahridan 14 km janubi-sharqda joylashgan Slopech-Shlahetski qishlog‘iga yaqinlashib kelib, ko‘cha janglariga kirishganda 3 ta o‘t ochish nuqtasini, ko‘plab dushman tirik kuchlarini yo‘q qiladi. Jangda safdoshlari halok bolganida, bir o‘zi dushman piyodalariga minamyotdan o‘t ochib 10 dan ortiq askarni yakson qiladi.
SSSR Oliy Kengashi Prezidiumining 1945-yil 27-iyundagi Farmoni bilan “Frontda nemis-fashist bosqinchilariga qarshi kurashda qo‘mondonlikning jangovar topshiriqlarini namunali bajarganligi hamda ko‘rsatgan jasorati va qahramonligi uchun”, katta serjant Andrey Yakovlevich Dirov I-darajali «Shuxrat» ordeni bilan taqdirlangan.
1945-yil sentabrda zahiraga bo‘shatilgan. Farg‘onada yashagan va duradgor bo‘lib ishlagan. 1977-yil 5-sentabr kuni vafot etgan.

 

"SHUXRAT" ORDENINING TO'LIQ SOHIBI