DEMENTEYEV VASILIY EGOROVICH
Kapitan Dementeyev Vasiliy Egorovich, 1919-yil 25-dekabrda Boshqirdiston ASSRning Sterlitamakskiy tumani Novo-Vedenovka qishlog‘ida tug‘ilgan, millati rus, ma’lumoti to‘liqsiz o‘rta, 1935-yilda Dmitrieyev o‘rta maktabini tamomlagan.
1941-yil iyun oyida Uryupinskiy harbiy piyodalar bilim yurtini tamomlagandan so‘ng G‘arbiy front tarkibidagi 5-armiyaning 108-o‘qchilar diviziyasi IIXX maxsus bo‘limi operitav vakili, keyinchalik esa katta operativ vakili lavozimlarida xizmat qiladi. Jangda jarohat olganligi bois, 1942-yil aprel-may oylarida 1743-sonli evakuatsiya gospitali (Pavlov sh.)da davolanadi. Salomatligini tiklagach, Harbiy-tibbiy akademiya (Samarqand sh.)da “SMERSH” kontrrazvedka bo‘linmasida operativ vakil lavozimiga tayinlanadi. 1944-yilning iyul-noyabr oylarida O‘rta Osiy harbiy okrugi “SMERSH” kontrrazvedka bo‘limining 1-bo‘linmasi operativ vakili lavozimida xizmat qiladi. 1946-yilning iyun oyiga qadar xizmatni G‘arbiy-Sibir harbiy okrugi “SMERSH” kontrrazvedka bo‘limida operativ vakil lavozimida davom ettiradi.
Harakatdagi armiya tarkibida fashizmga qarshi jangovar harakatlarda ishtirok etganligi uchun va xizmat faoliyati davomida “Germaniya ustidan qozonilgan g‘alaba uchun”, “Moskva mudofaasi uchun”, “Jasurligi uchun”, “Armiya va Flotga 30 yil” medallari bilan taqdirlangan.