DAVIDKIN IVAN XRISTOFOROVICH

       Polkovnik Davidkin Ivan Xristoforovich, 1913-yil 8-oktabrda Qrim ASSRning Djankoy tumani Komrat qishlog‘ida tug‘ilgan, millati rus, ma’lumoti o‘rta, 1952-yilda 7-sonli o‘rta maktabni tamomlagan.

             1939-yilning may oyidan 1941-yilning oktabr oyiga qadar Qrim ASSR IIXX tuman bo‘linmasi boshlig‘i bo‘lgan. 1942-yilning sentabr oyiga qadar IIXX maxsus bo‘limi va Qrim partizanlar harakatining IIXX operativ chekistlar guruhi boshlig‘i lavozimida xizmat qilgan. 1942-yilning sentabr oyidan 1943-yilning aprel oyiga qadar Ivanovo garnizoni IIXX maxsus bo‘limi boshlig‘i bo‘lgan. 1943-yil aprel oyidan 1946-yil yanvar oyiga qadar Moskva harbiy okrugi “SMERSH” kontrrazvedka boshqarmasida bo‘lim boshlig‘i o‘rinbosari, bo‘lim boshlig‘i lavozimlarida xizmat qilgan.

          Harakatdagi armiya tarkibida fashizmga qarshi jangovar harakatlarda ishtirok etganligi uchun va xizmat faoliyati davomida “Qizil Yulduz”, “Qizil bayroq”, “II darajali Vatan urushi” ordenlari, “Germaniya ustidan qozonilgan g‘alaba uchun”, “Sevastopol mudofaasi uchun”, “Kavkaz mudofaasi uchun”, “Jangovar xizmatlari uchun”, “I darajali Vatan urushi partizaniga”, “Armiya va Flotga 30 yil” medallari bilan taqdirlangan.

“QIZIL YULDUZ” ORDENI

“QIZIL BAYROQ” ORDENI

“II DARAJALI VATAN URUSHI” ORDENI

“GERMANIYA USTIDAN QOZONILGAN G‘ALABA” UCHUN” MEDALI

“SEVASTOPOL MUDOFAASI UCHUN” MEDALI

“KAVKAZ MUDOFAASI UCHUN” MEDALI

“JANGOVAR XIZMATLARI UCHUN” MEDALI

“I DARAJALI VATAN URUSHI PARTIZANIGA” MEDALI

“ARMIYA VA FLOTGA 30 YIL” MEDALI