DANILIN NIKOLAY VASILEYEVICH
Mayor Danilin Nikolay Vasileyevich, 1905-yil 9-mayda Qozog‘iston SSRning Shimoliy Qozog‘iston viloyatida tug‘ilgan, millati rus, ma’lumoti to‘liqsiz o‘rta, 1915-yilda qishloq maktabining 3-sinfini, 1939-yilda O‘zSSR IIV 10-qamoqxonasi qoshidagi kechki maktabni tamomlagan.
1941-yilning sentabr oyida O‘rta Osiyo harbiy okrugi (Toshkent sh.) IIXX maxsus bo‘limi zaxirasiga kiritilgan. 1943-yilning mart oyiga qadar 53-alohida O‘rta Osiyo armiyasining IIXX maxsus bo‘limi komandanti bo‘lgan. 1943-yil mart oyidan 1946-yil oktabr oyiga qadar 4-armiyaning 68-tog‘ o‘qchilari diviziyasidagi “SMERSH” kontrrazvedka bo‘limi komendanti lavozimida xizmat qilgan.
Harakatdagi armiya tarkibida fashizmga qarshi jangovar harakatlarda ishtirok etganligi uchun va xizmat faoliyati davomida “Qizil Yulduz”, “Qizil bayroq” ordenlari, “Germaniya ustidan qozonilgan g‘alaba uchun”, “Armiya va Flotga 30 yil” medallari bilan taqdirlangan.