CHERNOV STEPAN YAKOVLEVICH
Starshina Chernov Stepan Yakovlevich, 1907-yil 10-aprelda Kuybishev viloyati Molotov rayoni Malaya Rozan qishlog’ida tug’ilgan, millati rus, ma’lumoti boshlang’ich, 1918-yil qishloq maktabining 5-sinfini tamomlagan.
1941-yil oktabrdan 1943-yil iyulgacha G’arbiy frontning 35-alohida o’qchi brigadasi o’qchi vzvodi komandiri yordamchisi bo’lib xizmat qiladi. 1943-yil iyuldan 1945-yil aprelgacha – 208-o’qchi diviziyasining “SMERSH” kontrrazvedka bo’limi vzvodi qo’mondoni, keyin G’arbiy frontning 208-o’qchi bo’linmasining 277-alohida razvedka rotasining serjanti, 1945-yil apreldan iyulgacha 5822-sonli evakuatsiya gospitali (Gorkiy)da davolangan.
Harakatdagi armiya tarkibida fashizmga qarshi jangovar harakatlarda ishtirok etganligi uchun va xizmat faoliyati davomida “Qizil Yulduz”, “III darajali Shon-sharaf” ordenlari, “Germaniya ustidan qozonilgan g’alaba uchun”, “Moskva mudofaasi uchun”, “Jasurligi uchun”, “Armiya va Flotga 30 yil” medallari bilan taqdirlangan.