CHEREMUSHKIN NIKOLAY BORISOVICH
Katta leytenant Cheremushkin Nikolay Borisovich, 1921-yil 21-oktabrda Toshkent shahrida tug’ilgan, millati rus, ma’lumoti o’rta, 1948-yilda O’zbekiston davlat jismoniy tarbiya texnikumini tamomlagan.
1940-yil avgustda Toshkent shturmanlar aviatsiya maktabining kursanti bo’lgan. 1942-yil apreldan Moskva yaqinidagi jangovar harakatlarda pulemyotchi, keyinchalik 11-motoo’qchi brigadasi pulemyotlari vzvodi komandirining yordamchisi sifatida xizmat qiladi. 1942-yil sentabrdan 10-tank korpusining 183-tank brigadasining kichik ofitseri etib tayinlandi va u erda 1946-yil iyungacha xizmat qiladi.
Harakatdagi armiya tarkibida fashizmga qarshi jangovar harakatlarda ishtirok etganligi uchun va xizmat faoliyati davomida “Qizil Yulduz” ordeni, “Germaniya ustidan qozonilgan g’alaba uchun”, “Kenigsbergni ishg‘ol etganligi uchun”, “Jasurligi uchun”, “I, II va III darajali benuqson xizmatlari uchun”, “Ulug’ Vatan urushida qozonilgan g’alabaga 20 yil”, “Qurolli Kuchlarga 40 va 50 yil” medallari bilan taqdirlangan.