BUXIN ANATOLIY ALEKSANDROVICH

     

        Mayor Buxin Anatoliy Aleksandrovich, 1918-yilda 19-yanvarda Moskva viloyatining Petushinskiy tumani Karavaeyevo qishlog‘ida tavallud topgan, millati rus, ma’lumoti oliy, 1941-yilda Moskva davlat tarix, falsafa va adabiyot institutini tamomlagan.

        Xizmatni 1941-yil avgustda Kalinin fronti tarkibidagi 22-armiya IIXXning maxsus bo‘limi 123-harbiy senzura bo‘linmasida 1-toifali nazoratchi lavozimida boshlagan. 1943-yilda Kalinin va Shimoliy-g‘arbiy frontlar tarkibidagi 22-armiyaning “SMERSH” kontrrazvedka boshqarmasining 123-harbiy senzura bo‘linmasida operativ vakil yordamchisi lavozimida xizmat qilgan. 1943-yil sentabrdan 1944-yil yanvarga qadar G‘arbiy va 2-Belorus frontlari tarkibidagi “SMERSH” kontrrazvedka boshqarmasining 187-harbiy senzura bo‘linmasi operativ vakili bo‘lgan. 1944-yilda G‘arbiy frontning 10-armiyasi “SMERSH” kontrrazvedka boshqarmasining 159-harbiy senzura bo‘linmasida katta operativ vakil lavozmida xizmat qilgan. 1944-yil dekabr-1945-yil may oylari davomida Kareliya frontiga qarashli 32-armiya “SMERSH” kontrrazvedka boshqarmasining DXXKning 172-harbiy senzura bo‘linmasi boshlig‘i lavozimida xizmat qilgan.

        Harakatdagi armiya tarkibida fashizmga qarshi jangovar harakatlarda ishtirok etganligi uchun va xizmat faoliyati davomida “Qizil Yulduz” ordeni, “Germaniya ustidan qozonilgan g‘alaba uchun”, “Jangovar xizmatlari uchun”, “Armiya va Flotga 30 yil” medallari bilan taqdirlangan.

“QIZIL YULDUZ” ORDENI

“JANGOVAR XIZMATLARI UCHUN” MEDALI

“GERMANIYA USTIDAN QOZONILGAN G‘ALABA” UCHUN” MEDALI

“ARMIYA VA FLOTGA 30 YIL” MEDALI