BUBNOVA MARIYA FEDOROVNA

     

        Kichik leytenant Bubnova Mariya Fedorovna, 1916-yil 23-oktabrda Yaroslavsk viloyatining Kozlovskiy tumani Isada qishlog‘ida tavallud topgan, millati rus, ma’lumoti to’liqsiz o’rta, 1934-yildagi Isada qishlog‘idagi etti yillik maktabni tamomlagan.

      Harbiy xizmatni 1941-yil avgust oyidan 1942-yil may oyiga qadar O‘rta Osiyo harbiy okrugi tarkibidagi 389-o‘qchilar diviziyasi va 92-o‘qchilar brigadasi IIXKning maxsus bo‘limi mashinistkasi (matn teruvchisi) lavozimida o‘tagan. 1942 -yilning may oyidan 1943-yilning yanvar oyiga qadar G‘arbiv va Janubiy-g‘arbiy frontlar tarkibidagi 11-alohida motoo‘qchilar brigadasi IIXX maxsus bo‘limida ish yurituvchi-mashinistka sifatida faloliyat olib borgan. 1946 -yil iyun oyiga qadar Turkiston harbiy okrugi “SMERSH” kontrrazvedka bo‘limida kotiba-mashinistka lavozimida xizmatni davom ettirgan.

        Fashizmga qarshi jangovar harakatlarda harakatdagi armiya tarkibida bevosita ishtiroki hamda xizmat faoliyati davrida “Qizil Yulduz” ordeni, “Germaniya ustidan qozonilgan g‘alaba uchun”, “Jangovar xizmatlari uchun”, “Ulug‘ Vatan urushidagi sharafli mehnati uchun”, “Ulug‘ Vatan urushida qozonilgan g‘alabaga 20 yil”, “Armiya va Flotga 30 yil” medallari bilan taqdirlangan.

“QIZIL YULDUZ” ORDENI

“GERMANIYA USTIDAN QOZONILGAN G‘ALABA” UCHUN” MEDALI

“JANGOVAR XIZMATLARI UCHUN” MEDALI

“ULUG‘ VATAN URUSHIDAGI SHARAFLI MEHNATI UCHUN” MEDALI

“ULUG‘ VATAN URUSHIDA QOZONILGAN G‘ALABAGA 20 YIL” MEDALI

“ARMIYA VA FLOTGA 30 YIL” MEDALI