BROVKO NIKITA IVANOVICH

    Podpolkovnik Brovko Nikita Ivanovich, 1919-yil 31-dekabrda Ukraina SSR Zaporojets viloyati Berdyanskiy tumani Novo-Spasovka qishlog‘ida tavallud topgan, millati ukrain, ma’lumoti o‘rta, 1938 -yilda o‘rta maktabning 10-sinfini, 1954-yilda marksizm va leninizm kechki universitetini tamomlagan.

     1941-yil sentabr oyidan 1942-yil dekabr oyiga qadar Kavkazorti harbiy okrugi tarkibidagi 36-temiryo‘l brigadasi qo‘shinlarning Qora dengiz guruhida siyosiy bo‘lim kotibi bo‘lgan. 1943-yil noyabr oyiga qadar Shimoliy Kavkaz va Stepnoy frontlari tarkibidagi temiryo‘l brigadasining 20-temiryo‘l ishlarini mexanizatsiyalashtirish alohida bataloni tarkibidagi batalonda xizmat qilgan. 1943-yil noyabr oyidan 1945- may oyiga qadar Stepnoy, 2-Ukraina frontlari va Alohida Primorskiy armiyasi temiryo‘l brigadasida IIXX 3-bo‘limi kotibi lavozimida xizmat qilgan.

     Fashizmga qarshi jangovar harakatlarda harakatdagi armiya tarkibida bevosita ishtiroki hamda xizmat faoliyati davrida “Germaniya ustidan qozonilgan g‘alaba uchun”, “Kavkaz mudofaasi uchun”, “Jangovar xizmatlari uchun”, “I va II darajali benuqson xizmatlari uchun”, “Ulug‘ Vatan urushida qozonilgan g‘alabaga
20 yil”, “Armiya va Flotga 30 yil” medallari bilan taqdirlangan.

“GERMANIYA USTIDAN QOZONILGAN G‘ALABA” UCHUN” MEDALI

“KAVKAZ MUDOFAASI UCHUN” MEDALI

“JANGOVAR XIZMATLARI UCHUN” MEDALI

“I DARAJALI BENUQSON XIZMATLARI UCHUN” MEDALI

“II DARAJALI BENUQSON XIZMATLARI UCHUN” MEDALI

“ULUG‘ VATAN URUSHIDA QOZONILGAN G‘ALABAGA 20 YIL” MEDALI

“ARMIYA VA FLOTGA 30 YIL” MEDALI