BRONISLAVSKIY KONSTANTIN NIKOLAYEVICH
Kapitan Bronislavskiy Konstantin Nikolayevich (Sinkov Konstantin Nikitich), 1900-yil 10-sentabrda Orenburg o‘lkasining Sorochinskiy tumani Kudyakovka qishlog‘ida tavallud topgan, millati rus, ma’lumoti o‘rta, 1913-yilda Kudyakovka qishlog‘idagi cherkov qoshidagi boshlang‘ich maktabni tamomlagan.
Xizmatni 1941-yil oktabrda G‘arbiy front tarkibiga kiruvchi 34-alohida o‘qchilar brigadasida IIXX maxsus bo‘limida bo‘lim boshlig‘i lavozimidan boshlagan. 1941-yil 30-dekabrda Moskva viloyatining Serpuxovo tumanidagi Bashmakovo qishlog‘ida Moskva uchun bo‘lib o‘tgan janglarda halok bo‘ladi.
Fashizmga qarshi jangovar harakatlarda harakatdagi armiya tarkibida bevosita ishtiroki hamda xizmat faoliyati davrida “Qizil bayroq”, “Tojikiston SSR Mehnat Qizil bayrog‘i”, “O‘zbekiston SSR Mehnat Qizil bayrog‘i” ordenlari, “Qizil armiyaga 20 yil” medallari bilan taqdirlangan. Vafotidan so‘ng “Lenin” ordeni taqdim etilgan.