BORKINA ALEKSANDRA IVANOVNA

     

         Leytenant Borkina Aleksandra Ivanovna, 1916-yil 9-aprelda Toshkent shahrida tavallud topgan, millati rus, ma’lumoti o‘rta, 1938-yilda kechki maktabning 10-sinfini, 1953-yilda Butunittifoq temiryo‘l transporti sirtqi texnikumini (Moskva sh.) tamomlagan.

1940-yil sentabr oyidan 1941-yil sentabr oyiga qadar O‘rta Osiyo harbiy okrugi IIXX kadrlar bo‘limida katta ish yurituvchi, maxsus bo‘limida operativ vakil yordamchisi, operativ vakil lavozimlarida xizmat qiladi. 1941-1943-yillarda O‘rta Osiyo harbiy okrugi IIXX maxsus bo‘limida operativ vakili bo‘lgan. 1943-yil martdan 1945-yil maygacha 1-Belorus frontida “SMERSH” harbiy kontrrazvedka boshqarmasi maxsus bo‘limida operativ vakil lavozimida xizmat qilgan.

       Fashizmga qarshi jangovar harakatlarda harakatdagi armiya tarkibida bevosita ishtiroki hamda xizmat faoliyati davrida “Germaniya ustidan qozonilgan g‘alaba uchun”, “Birdamlik va mustaqillik uchun” (Polsha davlatiga tegishli) medallari bilan taqdirlangan.

“GERMANIYA USTIDAN QOZONILGAN G‘ALABA” UCHUN” MEDALI