BONDARENKO ANATOLIY PETROVICH
Katta leytenant Bondarenko Anatoliy Petrovich, 1911 -yil 30-iyunda Saratov viloyatining Durasovskiy tumani Tanza qishlog‘ida tavallud topgan, millati rus, ma’lumoti to’liqsiz o’rta, 1935-yilda Termez shahridagi o‘rta maktabning 8-sinfini tamomlagan.
1941-yil iyun-sentabr oylarida G‘arbiy frontning 186-o‘qchilar diviziyasiga qarashli 290-zaxiradagi o‘qchilar polkida siyosiy masalalar bo‘yicha rahbar sifatida xizmat qilgan. 1942-yil mart oyiga qadar 3668-evakuatsiya gospitalida (Toshkent sh.) davolangan. Salomatligini tiklagach, O‘rta Osiyo harbiy okrugi 32-zaxiradagi o‘qchilar diviziyasining 89-zaxiradagi o‘qchilar polkida rota komandiri o‘rinbosari lavozimida xizmat qilgan. 1944 -yil yanvar oyidan 1945 -yil fevral oyiga qadar O‘rta Osiyo harbiy okrugining Frunze garnizonida kontrrazvedka bo‘limida operativ vakil bo‘lgan. 1945-yil fevralda Turkiston harbiy okrugi (Ashxobod sh.) 93-alohida o‘qchilar brigadasining kontrrazvedka bo‘limi operativ vakili lavozimida xizmat qilgan.
Fashizmga qarshi jangovar harakatlarda harakatdagi armiya tarkibida bevosita ishtiroki hamda xizmat faoliyati davrida “Qizil Yulduz” ordeni, “Germaniya ustidan qozonilgan g‘alaba uchun medali bilan taqdirlangan.