BOGDANOV DMITRIY TIMOFEYEVICH
Serjant Bogdanov Dmitriy Timofeyevich, 1918-yil 20- fevralda Tula viloyatining Aleksinskiy tumani Sotino qishlog‘ida tavallud topgan, millati rus, ma’lumoti o‘rta, 1938-yilda Moskva ip-gazlama texnikumini tamomlagan.
Xizmatni 1938-yil oktabr oyida 30-maxsus maktab kursanti sifatida boshlagan (Smolensk sh.). 1939-yil fevral oyidan 1940-yil sentabr oyigacha G‘arbiy harbiy okrugning 64-o‘qchilar diviziyasi 30-o‘qchilar polkida siyosiy ishlar bo‘yicha rahbar bo‘lgan. 1941-yil iyul oyiga qadar IIXX Toshkent o‘lkalararo maktabida tahsil olgan. 1941-yilning iyul-oktabr oylari davomida IIXX Qozog‘iston SSR boshqarmasi Gureyevsk viloyatida tergovchi, keyinchalik G‘arbiy fronti tarkibidagi 238-o‘qchilar diviziyasida IIXX maxsus bo‘limi vakil yordamchisi lavozimlarida xizmat qilgan. 1941-yil oktabr oyida yaralanib, 1942-yilning iyun oyigacha bo‘lgan davrda 584- va 3643-sonli evakuatsiya gospitallarida davolanadi hamda Qurolli Kuchlar safidan salomatligi bo‘yicha zaxiraga bo‘shatiladi.