BOCHKAREV KUPRIYAN MEFODIYEVICH
Kapitan Bochkarev Kupriyan Mefodiyevich, 1911-yil 25-avgustda Chkalovsk viloyatining Novo-Pokrovskiy tumani Kolos qishlog‘ida tavallud topgan, millati rus, ma’lumoti oliy, 1935 -yilda Chkalov shahridagi qishloq xo‘jaligi institutini tamomlagan.
Xizmatni 1939-yil sentabr oyida O‘zSSR IIXXning 3-bo‘limi 3-bo‘linmasi operativ vakili lavozimida boshlagan. 1940-yil may oyidan 1941-yil aprel oyiga qadar O‘zSSR IIXXning 3-bo‘limi 3-bo‘linmasi katta operativ vakili, 1941-yilda esa O‘zSSR IIXX kotibiyati operativ vakili, keyinchalik esa katta noziri lavozimlarida xizmatni davom ettirgan. 1941-yil avgustdan oyidan Olmaota shahridagi 22-uchuvchilar aviamaktabida operativ vakil sifatida xizmat qiladi. Mazkur maktab negizida
991-polk tashkil etilib, u 1942-yil avgust oyida frontga jo‘natiladi va 1942-yil noyabr-1943-yil may oylari davomida Kalinin fronti tarkibidagi 3-havo armiyasida jang qiladi.
Fashizmga qarshi jangovar harakatlarda harakatdagi armiya tarkibida bevosita ishtiroki hamda xizmat faoliyati davrida “Germaniya ustidan qozonilgan g‘alaba uchun” medali bilan taqdirlangan.