BOCHAROV VASILIY YAKOVLEVICH
Katta leytenant Bocharov Vasiliy Yakovlevich, 1924-yil 12-fevralda Chkalovsk viloyatining Ak-Bulakskiy tumani Ak-Bulak qishlog‘ida tavallud topgan, millati rus, ma’lumoti to’liqsiz o’rta, 1940-yilda Nukus shahridagi o‘rta maktabning 7-sinfini tamomlagan.
1942-yil may-noyabr oylari davomida Toshkent pelemyotchi-minomyotchilar bilim yurti kursanti bo‘lgan. 1943-yil may oyida Janubiy-g‘arbiy front tarkibidagi 8-gvardiya armiyasining 266-o‘qchilar polkida bo‘linma komandiri, 1943-yil avgust oyidan 1946-yil iyun oyiga qadar Ukraina va Belorus frontlari tarkibidagi 8-gvardiya armiyasining 266-o‘qchilar polkida aloqa vzvodi komandiri lavozimlarida xizmat qilgan.
Fashizmga qarshi jangovar harakatlarda harakatdagi armiya tarkibida bevosita ishtiroki hamda xizmat faoliyati davrida “Qizil Yulduz”, “I darajali Vatan urushi”, “III darajali Shon-sharaf” ordenlari, “Germaniya ustidan qozonilgan g‘alaba uchun”, “Berlinni ishg‘ol etganligi uchun”, “Varshavani ozod qilganligi uchun”, “Jasurligi uchun”, “Armiya va Flotga 30 yil” medallari bilan taqdirlangan.