BOBRAKOV DMITRIY SEMENOVICH

          

         Podpolkovnik Bobrakov Dmitriy Semenovich, 1917-yil 7-noyabrda Orlov viloyatining Maloarxangelkiy tumani Orlyanka qishlog‘ida tavallud topgan, millati rus, ma’lumoti o‘rta, 1938 -yilda Maloarxangelsk pedagogika bilim yurtini, 1957-yilda marksizm va leninizm kechki universitetini (Andijon sh.) tamomlagan.

        1941-yil iyul oyida Kemerovo harbiy piyodalar bilm yurtini tamomlagandan so‘ng Uzoq Sharq fronti tarkibidagi 25-armiyada IIXX maxsus bo‘limining operativ vakili yordamchisi lavozimiga tayinlanadi. 1941-yil oktabr-1945-yil sentabr oylari davomida Uzoq Sharq, Markaziy va 1-Belorus frontlari tarkibiga kiruvchi 3-temiryo‘l brigadasida IIXX maxsus bo‘limining operativ vakili lavozimida xizmat qilgan.

        Fashizmga qarshi jangovar harakatlarda harakatdagi armiya tarkibida bevosita ishtiroki hamda xizmat faoliyati davrida “Qizil Yulduz” ordeni, “Germaniya ustidan qozonilgan g‘alaba uchun”, “Yaponiya ustidan qozonilgan g‘alaba uchun”, “Varshavani ozod qilganligi uchun”, “Jangovar xizmatlari uchun”, “Harbiy jasorati uchun”, “I darajali benuqson xizmatlari uchun”, “Ulug‘ Vatan urushida qozonilgan g‘alabaga 20 yil”, “Armiya va Flotga 30 yil”, “Qurolli Kuchlarga 40 yil” medallari bilan taqdirlangan.

“QIZIL YULDUZ” ORDENI

“JANGOVAR XIZMATLARI UCHUN” MEDALI

“GERMANIYA USTIDAN QOZONILGAN G‘ALABA” UCHUN” MEDALI

“YAPONIYA USTIDAN QOZONILGAN G‘ALABA” UCHUN” MEDALI

“VARSHAVANI OZOD QILGANLIGI UCHUN” MEDALI

“HARBIY JASORATI UCHUN” MEDALI

“I DARAJALI BENUQSON XIZMATLARI UCHUN” MEDALI

“ULUG‘ VATAN URUSHIDA QOZONILGAN G‘ALABAGA 20 YIL” MEDALI

“QUROLLI KUCHLARGA 40 YIL” MEDALI

“ARMIYA VA FLOTGA 30 YIL” MEDALI