BLINOV PETR VLADIMIROVICH

 

        Leytenant Blinov Petr Vladimirovich, 1918-yil 9-avgustda Mariy ASSR Sernur tumanida tavallud topgan, millati mariy, ma’lumoti o‘rta, 1937-yilda Sernurdagi o‘rta maktabning 8-sinfini, 1958-yilda Toshkent viloyat kunduzgi-sirtqi o‘rta maktabning 10-sinfini tamomlagan.

        1940-yil aprel-oktabr oylarida kichik aviamutaxassislar maktabining kursanti bo‘lgan (Novocherkask sh.). Xizmatni 231-uzoqqa uchadigan bombardimonchi aviatsiya polkida o‘qchi-radist lavozimida boshlaydi. 1941-yil dekabr-1942-yil avgust oylarida Ryazan shturman va uchuvchilar Oliy maktabida tahsil olgan. 1942-yil iyul oyidan 1946-yil avgust oyiga qadar 748-gvardiya bombardimonchilar polkining o‘qchi-radisti lavozimida xizmat qiladi. G‘arbiy, Janubiy-g‘arbiy va Shimoliy-g‘arbiy frontlarda havo o‘qchi-radisti sifatida 275 ta jangovar parvozni amalga oshirgan.

        Fashizmga qarshi jangovar harakatlarda harakatdagi armiya tarkibida bevosita ishtiroki hamda xizmat faoliyati davrida “Qizil Yulduz”, “II darajali Vatan urushi” ordenlari, “Germaniya ustidan qozonilgan g‘alaba uchun”, “Stalingrad mudofaasi uchun”, “Kenigsbergni ishg‘ol etganligi uchun”, “Jangovar xizmatlari uchun”, “II darajali benuqson xizmatlari uchun”, “Qurolli Kuchlarga 40 yil” medallar bilan taqdirlangan.

“QIZIL YULDUZ” ORDENI

“II DARAJALI VATAN URUSHI” ORDENI

“GERMANIYA USTIDAN QOZONILGAN G‘ALABA” UCHUN” MEDALI

“STALINGRAD MUDOFAASI UCHUN” MEDALI

“KENIGSBERGNI ISHG‘OL ETGANLIGI UCHUN” MEDALI

“JANGOVAR XIZMATLARI UCHUN” MEDALI

“II DARAJALI BENUQSON XIZMATLARI UCHUN” MEDALI

“QUROLLI KUCHLARGA 40 YIL” MEDALI