BERNSHTEYN VIKTOR LAZAREVICH

 

        Mayor Bernshteyn Viktor Lazarevich, 1920-yil 4-yanvarda Ivano-Voznesensk viloyatining Shuya shahrida tavallud topgan, millati yahudiy, ma’lumoti o‘rta, 1941-yilda Toshkent piyodalar bilim yurtini tamomlagan.

        Xizmatni 1941-yil iyun oyida Chirchiq 194-tog‘-o‘qchilar diviziyasining 3-bo‘linmasida operativ vakil lavozimida boshlagan. 1941-yil avgust-dekabr oylarida G‘arbiy front tarkibiga kiruvchi 194-o‘qchilar diviziyasida IIXK maxsus bo‘limining operativ vakili lavozimida xizmat qilgan. 1941-1942-yillarda G‘arbiy va Bryansk frontlarining 999-o‘qchilar polkiga xizmat ko‘rsatuvchi 258-o‘qchilar diviziyasida IIXX maxsus bo‘limi katta operativ vakili bo‘lgan. 1943-yil iyun oyiga qadar Bryansk va Belorus frontlari 12-gvardiya o‘qchilar diviziyasida IIXK maxsus bo‘limi katta operativ vakili lavozimida xizmat qiladi. 1943-yil iyun-noyabr oylarida yaralanib, Bryansk shahridagi gospitalda davolanadi. Salomatligini tiklagandan so‘ng 1944-yil may oyiga qadar Samarqand garnizoni “SMERSH” kontrrazvedka bo‘limiga katta operativ vakil etib jo‘natiladi.

        Fashizmga qarshi jangovar harakatlarda harakatdagi armiya tarkibida bevosita ishtiroki hamda xizmat faoliyati davrida “Qizil Yulduz” ordeni, “Germaniya ustidan qozonilgan g‘alaba uchun”, “Moskva mudofaasi uchun”, “Jangovar xizmatlari uchun”, “Jasurligi uchun”, “Armiya va Flotga 30 yil” medallari bilan taqdirlangan.

“QIZIL YULDUZ” ORDENI

“GERMANIYA USTIDAN QOZONILGAN G‘ALABA” UCHUN” MEDALI

“MOSKVA MUDOFAASI UCHUN” MEDALI

“JANGOVAR XIZMATLARI UCHUN” MEDALI

“JASURLIGI UCHUN” MEDALI

“ARMIYA VA FLOTGA 30 YIL” MEDALI