BEREZIN OLEG ALEKSANDROVICH
Podpolkovnik Berezin Oleg Aleksandrovich, 1925-yil 25-oktabrda Arxangelsk viloyatining Velskiy tumanidagi Stroeyevskoe qishlog‘ida tavallud topgan, millati rus, ma’lumoti o‘rta, 1956-yilda Angren shahridagi 2-o‘rta maktabning 10-sinfini tamomlagan.
1943-yil aprel oyidan 1944-yil oktabr oyiga qadar 1-Xarkov tankchilar bilim yurti kursanti bo‘lgan (Chirchiq sh.). 1944-yil oktabr-dekabr oylarida 2-o‘quv tank brigadasi 2-zaxiradagi tank polkidagi marsh rotasida “T-34” tanki komandiri bo‘lgan. 1945 -yil may oyiga qadar 1-Belorus fronti tarkibidagi 220-Gatchinsk Qizil bayroqli tank brigadasining 3-tank batalonida “T-34” tanki komandiri sifatida xizmat qilgan.
Fashizmga qarshi jangovar harakatlarda harakatdagi armiya tarkibida bevosita ishtiroki hamda xizmat faoliyati davrida “Qizil Yulduz”, “II darajali Vatan urushi” ordenlari, “Germaniya ustidan qozonilgan g‘alaba uchun”, “Berlinni ishg‘ol etganligi uchun”, “Varshavani ozod qilganligi uchun”, “Jangovar xizmatlari uchun”, “Harbiy jasorati uchun”, “I va II darajali benuqson xizmatlari uchun”, “Ulug‘ Vatan urushida qozonilgan g‘alabaga 20 va 30 yil”, “Armiya va Flotga 30 yil”, “Qurolli Kuchlarga 40, 50 va 60 yil” medallari bilan taqdirlangan.