BELOGRUDOV VALENTIN IVANOVICH

 

        Leytenant Belogrudov Valentin Ivanovich, 1918-yil 13-sentabrda Turkmaniston SSRning Ashxobod shahrida tavallud topgan, millati rus, ma’lumoti to’liqsiz o’rta, o‘rta maktabning 7-sinfini tamomlagan.

        1941-yil fevral oyidan 1942-yil mart oyiga qadar G‘arbiy frontning 20-armiyasi tarkibidagi 129-o‘qchilar diviziyasining 210-alohida zenit-artilleriya divizionida qizil armiyachi-elektromexanik lavozimida xizmat qilgan. 1942-yil mart oyidan 1945-yil iyul oyiga qadar 1-gvardiya kavaleriya diviziyasining 43-havo hujumidan mudofaa alohida gvardiya divizionida, keyinchalik, 7-gvardiya kavaleriya diviziyasida qizil armiyachi bo‘lgan.

        Fashizmga qarshi jangovar harakatlarda harakatdagi armiya tarkibida bevosita ishtiroki hamda xizmat faoliyati davrida “Qizil Yulduz” ordeni, “Germaniya ustidan qozonilgan g‘alaba uchun”, “Moskva mudofaasi uchun”, “Jangovar xizmatlari uchun”, “II darajali benuqson xizmatlari uchun”, “Qurolli Kuchlarga 40 yil” medallari bilan taqdirlangan.

“QIZIL YULDUZ” ORDENI

“GERMANIYA USTIDAN QOZONILGAN G‘ALABA” UCHUN” MEDALI

“MOSKVA MUDOFAASI UCHUN” MEDALI

“JANGOVAR XIZMATLARI UCHUN” MEDALI

“II DARAJALI BENUQSON XIZMATLARI UCHUN” MEDALI

“QUROLLI KUCHLARGA 40 YIL” MEDALI