BEKMUXAMBETOV DJUMATAY
Serjant Bekmuxambetov Djumatay, 1923-yilda Qoraqalpog‘iston ASSRning Shabbaz tumanida tavallud topgan, millati qozoq, ma’lumoti boshlang‘ich, qishloq maktabining 4-sinfini tamomlagan.
Harbiy xizmatni 1942-yil iyun oyida 101-o‘qchilar polkining polk maktabi (Saratov sh.) kursanti sifatida boshlagan. 1943-yil yanvar oyidan 1944-yil mart oyiga qadar 3-Ukraina fronti tarkibidagi 3-gvardiya tankchilar armiyasining 25-gvardiya motomexanizatsiyalashtirilgan brigadasida bo‘linma komandiri, 1945 -yil may oyidan 3-Ukraina fronti tarkibidagi 3-gvardiya tankchilar armiyasining 58-gvardiya motomexanizatsiyalashtirilgan brigadasida bo‘linma komandiri bo‘lgan.
Fashizmga qarshi jangovar harakatlarda harakatdagi armiya tarkibida bevosita ishtiroki hamda xizmat faoliyati davrida “Germaniya ustidan qozonilgan g‘alaba uchun”, “Jangovar xizmatlari uchun” medallari bilan taqdirlangan.