BAZANOV MAKSIM ALEKSEYEVICH
Polkovnik Bazanov Maksim Alekseyevich, 1911-yil 19-fevralda Moskva viloyati Noginsk tumani Mishukova qishlog‘ida tavallud topgan, millati rus, ma’lumoti o‘rta, 1930-yilda Moskova piyodalar maktabini, 1933-yilda Kalinin harbiy-kimyoviy maktabini tamomlagan.
1939-yil noyabr oyidan 1941-yil iyul oyigacha bo‘lan davrda Kiyev harbiy okrugida IIXK maxsus bo‘limining 3-, 4-bo‘linmalari boshlig‘i lavozimlarida xizmat qilgan. 1942-yil dekabr oyiga qadar Janubiy-g‘arbiy, Stalingrad, Donskoy frontlarida IIXKning maxsus bo‘limi 3-bo‘linma boshlig‘i bo‘lgan. 1942-yil dekabr-1943-yil may oylari davomida Donskoy fronti tarkibidagi 24-armiyada IIXK maxsus bo‘limi boshlig‘i lavozimida faoliyat olib borgan. 1944 -yil aprel oyiga qadar Donskoy, Markaziy va 2-Ukraina fronti tarkibidagi 4-gvardiya armiyasida “SMERSH” kontrrazvedka bo‘limi boshlig‘i o‘rinbosari bo‘lgan. 1944-yil aprel-1945-yil may oylarida 1, 2, 3-Ukraina frontiga qarashli 4-gvardiya armiyasida “SMERSHi kontrrazvedka bo‘limining boshlig‘i lavozimida faoliyat yuritgan.
Fashizmga qarshi jangovar harakatlarda harakatdagi armiya tarkibida bevosita ishtiroki hamda xizmat faoliyati davrida “Qizil Yulduz”, “Qizil bayroq”, “I va II darajali Vatan urushi”, “I va II darajali Bogdan Xmelnitskiy” ordenlari, “Germaniya ustidan qozonilgan g‘alaba uchun”, “Stalingrad mudofaasi uchun”, “Budapeshtni ishg’ol etganligi uchun”, “Venani ishg’ol etganligi uchun”, “Jangovar xizmatlari uchun”, “Jasurligi uchun”, “Armiya va Flotga 30 yil” medallari bilan taqdirlangan.