BASOV VASILIY VIKTOROVICH
Mayor Basov Vasiliy Viktorovich, 1909-yil 11-yanvarda Vladimirovsk viloyati Aleksandrovskiy tumani Karabanovo qishlog‘ida tavallud topgan, millati rus, ma’lumoti o‘rta, 1923-yilda Moskva shahridagi o‘rta maktabning 6-sinfini, 1930-yilda Markaziy mehnat institutini tamomlagan.
1941-yil dekabr oyida IIXK Oliy maktabi qoshidagi operativ tarkibni tayyorlovchi qisqa muddatli kurslardagi tahsilidan so‘ng IIXX Kashir sektorining Moskva hududini qo‘riqlovchi maxsus bo‘limi tergovchisi lavozimiga tayinlanadi. 1942-yil fevral oyida Moskva harbiy okrugi 4-alohida o‘qchilar brigadasiga IIXX maxsus bo‘limining operativ vakili etib jo‘natiladi. 1943-yil iyun oyidan 1944-yil avgust oyiga qadar G‘arbiy va 1-Belorus frontlari 212-o‘qchilar diviziyasida “SMERSH” kontrrazvedka bo‘limi operativ vakili, 1945-yil noyabr oyidan “SMERSH” kontrrazvedka bo‘limining 1-Belorus frontiga qarashli 61-Armiyaning 215-zaxiradagi o‘qchilar polki va Germaniyani bosib olgan qo‘shinlar guruhi tergovchisi lavozimlarida xizmat qiladi.
Fashizmga qarshi jangovar harakatlarda harakatdagi armiya tarkibida bevosita ishtiroki hamda xizmat faoliyati davrida “Qizil Yulduz”, “II darajali Vatan urushi” ordenlari, “Germaniya ustidan qozonilgan g‘alaba uchun”, “Berlinni ishg‘ol etganligi uchun”, “Moskva mudofaasi uchun”, “Varshavani ozod qilganligi uchun”, “Jangovar xizmatlari uchun”, “Armiya va Flotga 30 yil”, “Qurolli Kuchlarga 40 yil” medallari bilan taqdirlangan.