BARANOV ANDREY IVANOVICH

 

        Mayor Baranov Andrey Ivanovich, 1899-yil 11-iyunda Orenburg shahrida tavallud topgan, millati rus, ma’lumoti oliy, 1933-yilda Qirg‘iziston SSR davlat universitetining ishchilar fakultetini, 1952 -yilda Yuridik institutini tamomlagan.

        1941-yil iyunda 21-tog‘ kavaleriya diviziyasining IIXX maxsus bo‘limi bo‘linma boshlig‘i o‘rinbosari sifatida Bryansk frontini, keyinchalik esa G‘arbiy frontni kuchaytirish uchun jo‘natiladi. 1942-yilda Voronej va Stepnoy frontlari tarkibidagi 305-o‘qchilar diviziyasi IIXX maxsus bo‘limi boshlig‘i lavozimiga tayinlanadi. 1943-1945-yillarda 1-Ukraina va Stepnoy frontlari 127-o‘qchilar diviziyasining “SMERSH” kontrrazvedka bo‘limi boshlig‘i lavozimida xizmat qilgan.

        Fashizmga qarshi jangovar harakatlarda harakatdagi armiya tarkibida bevosita ishtiroki hamda xizmat faoliyati davrida “Qizil Yulduz”, “Qizil bayroq”, “II darajali Vatan urushi”, “Lenin” ordenlari, “Germaniya ustidan qozonilgan g‘alaba uchun”, “Berlinni ishg‘ol etganligi uchun”, “Pragani ozod qilganligi uchun” medallari bilan taqdirlangan.

“QIZIL YULDUZ” ORDENI

“QIZIL BAYROQ” ORDENI

“II DARAJALI VATAN URUSHI” ORDENI

“LENIN” ORDENI

“GERMANIYA USTIDAN QOZONILGAN G‘ALABA” UCHUN” MEDALI

“BERLINNI ISHG‘OL ETGANLIGI UCHUN” MEDALI

“PRAGANI OZOD QILGANLIGI UCHUN” MEDALI