BABAYEV XASAN

 

        Leytenant Babayev Xasan, 1921-yil 10-martda Farg‘ona viloyatida tavallud topgan, millati o‘zbek, Farg‘ona viloyati Gorchakovo qishlog‘idagi 4-o‘rta maktabning 5-sinfini tamomlagan.

        1941-yil noyabr-1942-yil iyun oylari davomida Toshkent piyodalar bilim yurti kursanti bo‘lgan. 1942-yil dekabrda Janubiy-g‘arbiy front tarkibidagi 38-gvardiya o‘qchilar diviziyasining 110-o‘qchilar polkida vzvod komandiri bo‘lgan. 1943-yil fevral-aprel oylarida yaralanib, 110-evakuatsiya gospitali (Xarkov)da davolanadi. Davolangandan keyin Janubiy-g‘arbiy front tarkibidagi 6-armiyaning to‘suvchi otryad komandiri lavozimiga tayinlanadi. 1943-yil sentabr-oktabr oylarida Janubiy-g‘arbiy front tarkibidagi 6-armiyaning alohida pulemyotchilar rotasi komandiri bo‘lgan. 1943-yil oktabr oyidan 1944-yil yanvar oyiga qadar navbatdagi jarohatdan so‘ng 1730-evakuatsiya gospitalida davolanadi (Troitsa sh. Chelyabinsk viloyati).

        Fashizmga qarshi jangovar harakatlarda harakatdagi armiya tarkibida bevosita ishtiroki hamda xizmat faoliyati davrida “Germaniya ustidan qozonilgan g‘alaba uchun”, “Armiya va Flotga 30 yil” medallari bilan taqdirlangan.

“GERMANIYA USTIDAN QOZONILGAN G‘ALABA” UCHUN” MEDALI

“ARMIYA VA FLOTGA 30 YIL” MEDALI