AZIMOV AKRAM RAIMBAYEVICH

 

        Kichik leytenant Azimov Akram Raimbayevich, 1924-yil 23-martda Qirg‘iziston SSRning Jalolobod shahrida tavallud topan, millati o‘zbek, ma’lumoti to‘liqsiz o‘rta, 1942-yilda Jalolobod shahridagi o‘rta maktaning 8-sinfini tamomlagan.

        1943-yil mart oyida Turkmaniston pulemyotchilar bilim yurtini tamomlagach, Janubiy front tarkibidagi 7-armiyaning 72-gvardiya divizioni 22-gvardiya o‘qchilar polkining vzvod komandiriga yordamchi etib tayinlanadi. 1943-yil sentabr oyida jarohat oladi va shu yilning sentabr oyidan 1944-yilning mart oylari davomida evakuatsiya gospitalida (Molotov viloyatining Kungur sh.) davolanadi. Salomatligi tiklangach, harbiy xizmatdan nogiron sifatida bo‘shatiladi.

        Fashizmga qarsh jangovar harakatlarda harakatdagi armiya tarkibidagi bevosita ishtiroki uchun va xizmat faoliyati davrida “Germaniya ustidan qozonilgan g‘alaba uchun”, “Ulug‘ Vatan urushida qozonilgan g‘alabaga 20 yil”, “Armiya va Flotga 30 yil”, “Qurolli Kuchlarga 50 yil” medallari bilan taqdirlangan.

“GERMANIYA USTIDAN QOZONILGAN G‘ALABA” UCHUN” MEDALI

“ULUG‘ VATAN URUSHIDA QOZONILGAN G‘ALABAGA 20 YIL” MEDALI

“ARMIYA VA FLOTGA 30 YIL” MEDALI

“QUROLLI KUCHLARGA 50 YIL” MEDALI