ARTEMEV VASILIY NIKOLAYEVICH

 

        Kapitan Artemev Vasiliy Nikolayevich, 1915-yil 22-aprelda Ivanovo viloyatining Nebilovsk tumani Ozersi qishlog‘ida tavallud topgan, millati rus, ma’lumoti o‘rta, 1937-yilda Suzdal shahridagi qishloq xo‘jaligi texnikumini, 1941-yilda Harbiy dengiz siyosiy bilim yurtini tamomlagan.

        O‘quv muassasasini tamomlagach, Boltiq fronti 2-dengiz piyodalari brigadasi siyosiy ishlar bo‘yicha rota rahbari lavozimida xizmat qiladi. Janglarda jarohat olganligi munosabati bilan 1941-yil avgust-noyabr oylarida Leningrad harbiy dengiz gospitalida davolanadi. Salomatligini tiklagach, Volxov fronti 310-o‘qchilar diviziyasi batareyasiga tayinlanadi. Navbatdagi jarohatidan so‘ng 1941-yil dekabrdan 1942-yil yanvarga qadar Vologda shahridagi gospitalda davolanadi. 1942-yil aprel oyidan 1943-yil iyul oyiga qadar Amursk Flotiliyasi (Xabarovsk shahri) birlashgan maktabining 590-alohida temir yo‘l batareyasi komandirining o‘rinbosari, 1945-yilning senyatbr oyiga qadar mazkur Flotiliyaning “SMERSH” kontrrazvedka bo‘limi 4-bo‘linma operativ vakili lavozimlarida xizmat qiladi.

        Fashizmga qarshi jangovar harakatlarda harakatdagi armiya tarkibida bevosita ishtiroki hamda xizmat faoliyati davrida “Qizil Yulduz” ordeni, “Germaniya ustidan qozonilgan g‘alaba uchun”, “Yaponiya ustidan qozonilgan g‘alaba uchun”, “Leningrad mudofaasi uchun” medallari bilan taqdirlangan.

“QIZIL YULDUZ” ORDENI

“GERMANIYA USTIDAN QOZONILGAN G‘ALABA” UCHUN” MEDALI

“YAPONIYA USTIDAN QOZONILGAN G‘ALABA” UCHUN” MEDALI

“LENINGRAD MUDOFAASI UCHUN” MEDALI